20-October, 16:14 |  263

Rasmiy litsenziyaga ega bo‘lgan professional ishtirokchilar ro‘yxati tasdiqlandi

O‘zbekiston Respublikasi hududida qimmatli qog‘ozlar bozorida professional faoliyatni amalga oshirish huquqini beruvchi lisenziya olgan yuridik shaxslarning ro‘yxati eʼlon qilindi.

Rasmiy litsenziyaga ega bo‘lgan professional ishtirokchilar ro‘yxati tasdiqlandi

Moliya vazirligi bergan xabarga ko‘ra, bugungi kunda aholi o‘rtasida  qimmatli qog‘ozlar bozorida professional faoliyatni amalga oshirish huquqini beruvchi lisenziya olmagan yuridik shaxslarning turli hil norasmiy takliflariga aldanib qolish holatlari uchramoqda.Mazkur holatlarning salbiy oqibatlari natijasida ko‘plab fuqarolarga mulkiy zarar yetkazilgani aniqlangan.  Bu kabi holatlarning oldini olish maqsadida Moliya vazirligi tomonidan rasmiy litsenziyaga ega bo‘lgan professional ishtirokchilar ro‘yxati eʼlon qilindi. Shuningdek, lisenziya olmagan yuridik shaxslar tomonidan turli xil norasmiy takliflariga aldanib qolish holatlari bo‘yicha quyidagi raqamlarga murojaat qilish mumkin:

Murojaat uchun telefonlar:      
71 203 01 17
71 203 01 15
71 203 01 04

 Teglar

Boshqalar

O'xshash yangiliklar

depozit.uz logo
Eng yaxshi takliflar va yangiliklarni bizning telegram kanalda kuzatib boring.
Obuna bo'lish