Top.Mail.Ru

Pulni jamg'arish: bank omonati yoki jamg'arib boriladigan sug'urta - qaysi birini tanlagan ma'qul?

Bugun biz ikki xil jamg'arma vositasi - bank depozitlari va jamg’arib boriladigan sug'urta dasturlari haqida to'xtalib o'tamiz.

Pulni jamg'arish: bank omonati yoki jamg'arib boriladigan sug'urta - qaysi birini tanlagan ma'qul?

Bugun biz ikki xil jamg'arma vositasi - bank depozitlari va jamg’arib boriladigan sug'urta dasturlari haqida to'xtalib o'tamiz. Har qanday moliyaviy jihatdan savodli odam mablag’ jamg’arishga harakat qiladi va kichik miqdorda bo’lsa ham jamg’arish uchun pul paydo bo'lganda, savol tug'iladi: uni saqlab qolish yoki hatto ko'paytirish uchun pul bilan nima qilgan ma’qul?

Bank depozitlari.

Omonat yoki boshqacha aytganda, depozit - bu bo’sh turgan pulni investitsiya qilishning eng oson va eng mashhur usuli. Buni mohiyati shundaki, siz bankka pulni ma'lum muddatga va ma'lum foiz evaziga berasiz. Bu muddat bir oy, ikki oy yoki bir necha yil bo'lishi mumkin. Bank esa bozor sharoitiga qarab stavkani belgilaydi. Bugungi kunga kelib, siz bankka yillik taxminan yillik 18-23% evaziga depozit qo'yishingiz mumkin. Omonat muddati tugagach, omonatchi pulni va hisoblangan foizlarni qaytarib oladi. Shu bilan birga, ko'plab banklar mijozlarga har oy hisoblangan foizlarni olish imkoniyatini beradi. Depozitlar juda mashhur bank mahsuloti bo'lib, ular ko'plab banklar tomonidan taklif etiladi, shuning uchun siz muddati, foiz stavkasi va boshqa shartlar bo'yicha o'zingizga mos keladigan omonatni osongina tanlashingiz mumkin.

Jamg’arib boriladigan sug'urta.

Jamg‘arib boriladigan sug‘urtaning mohiyati shundan iboratki, siz ma’lum muddatga sug‘urta shartnomasi tuzasiz va ma’lum summani sug‘urta kompaniyasiga muntazam ravishda o‘tkazasiz. Pul asta-sekin to'planadi va bir vaqtning o'zida ham sug'urta ham jamg’arma sifatida ishlaydi va sug'urta shartnomasining amal qilish muddati tugagandan so'ng qaytarib olinadi.

Umuman olganda, omonat va jamg'arib boriladigan sug'urta umumiy xususiyatlarga ega: siz sug'urtalovchiga yoki bankka pul berasiz, qo'shimcha daromad olasiz va bir muncha vaqt o'tgach, jamg'arma va foizlarni qaytarib olasiz. Biroq shu bilan birga sezilarli farqlar ham mavjud:

Eng asosiy va eng muhim farqi bu daromadlilikdir. Bugungi kunga kelib, omonatlarning o'rtacha daromadliligi yiliga 23% ni tashkil qiladi. Sug'urta dasturlari uchun daromadlilikni hisoblash sxemasi esa biroz boshqachadir. Birinchidan, ixtiyoriy jamg‘arib boriladigan sug‘urta shartnomalarini tuzgan shaxslar to‘langan sug‘urta badallaridan soliq imtiyozlari olish huquqiga ega. Soliq chegirmasi - bu daromad solig'iga tortilmaydigan miqdor. Bugungi kunda daromad solig’i 12% ni tashkil qiladi. Masalan, sug‘urtalovchiga 1 million so‘m o‘tkazgan bo‘lsangiz, ushbu summaning 12 foizi, ya’ni 120 ming so‘m tejaladi. Soliq imtiyozlari tufayli, jamg'arma sug'urtasi dasturlari oxir-oqibatda bank depozitlariga qaraganda ancha foydali bo'ladi. Ikkinchidan, hayotni jamg’arib boriladigan sug'urta qilganda sug'urta kompaniyalari muddat oxirida qo'shimcha to'lovlarni taqdim etadilar, bundan tashqari har yili sug'urta tashkiloti o’zining investitsiya faoliyati muvaffaqiyatidan kelib chiqqan holda belgilaydigan miqdorda qo'shimcha daromad, ya’ni sug'urta mukofoti to’lab beriladi (4-7%). Natijada jamg‘arib boriladigan sug‘urta dasturining bank depozitiga nisbatan daromadliligi 33-38 foizni tashkil etadi.

Yuqoridagilardan hulosa shuki, bank depozitlari va jamg'arib boriladigan sug'urta dasturlari butunlay boshqa boshqa mahsulotlardiir. Jamg’arib boriladigan sug'urta - bu muntazam, nisbatan kichik badallar orqali uzoq kelajak uchun kattaroq pul miqdorini jamg’arish imkonini beruvchi uzoq muddatli jamg’arish vositasidir. Omonat esa, birinchi navbatda, yaqin kelajakda, masalan, yirik xaridga sarflanishi mumkin bo'lgan to'plangan pulni jamg’arish imkoniyatidir. Har bir inson omonatga ega bo'lishi va shu bilan birga sug'urta jamg'armasi dasturi bo'yicha pul yig'ishi mumkin. Sarmoyalar qilishingizda omad tilaymiz!

00:43 • 13 January, 2022

Depozit.uz Yangiliklari

home icon Bosh sahifa menu icon Menyu profile icon Profil
depozit.uz logo
Eng yaxshi takliflar va yangiliklarni bizning telegram kanalda kuzatib boring.
Obuna bo'lish