Top.Mail.Ru
23-July, 10:22 |  2,258

Prezidentning "Vazirliklar, davlat qo‘mitalari, davlat boshqaruvining boshqa organlari va xo‘jalik birlashmalari rahbarlari o‘rinbosarlarining faoliyati samaradorligini baholash tizimini joriy etish to‘g‘risida"gi qarori

a) iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarida:

Prezidentning "Vazirliklar, davlat qo‘mitalari, davlat boshqaruvining boshqa organlari va xo‘jalik birlashmalari rahbarlari o‘rinbosarlarining faoliyati samaradorligini baholash tizimini joriy etish to‘g‘risida"gi qarori

Prezidentning "Vazirliklar, davlat qo‘mitalari, davlat boshqaruvining boshqa organlari va xo‘jalik birlashmalari rahbarlari o‘rinbosarlarining faoliyati samaradorligini baholash tizimini joriy etish to‘g‘risida"gi qaroriga ko‘ra:

a) iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarida:

- makroiqtisodiy barqarorlikni, barqaror va mutanosib iqtisodiy taraqqiyotni taʼminlash, iqtisodiyot tarmoqlarini kompleks rivojlantirish va diversifikatsiyalash, shuningdek, “xufyona” iqtisodiyotga qarshi kurashish hamda uning ulushini keskin qisqartirish;

- yangi ish o‘rinlari yaratish, aholi bandligini taʼminlash, mehnat bozori infratuzilmasini rivojlantirish, aholining daromad topishga qaratilgan tadbirkorlik intilishlarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash, aholi va biznes uchun zarur shart-sharoitlar yaratish;

- ishbilarmonlik muhitini va biznes yuritish shart-sharoitlarni yana-da yaxshilash, tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini kengaytirish, ularni zarur moliyaviy va infratuzilmaviy resurslar bilan taʼminlash hamda “Har bir oila – tadbirkor” dasturini izchil amalga oshirish;

- investitsiya muhitini yaxshilash, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb etish, ajratilgan kapital quyilmalarni samarali o‘zlashtirish hamda iqtisodiy o‘sishni taʼminlashda xizmatlar sohasini muhim drayverga aylantirish;

- sanoatda eksportbop va raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishning o‘sishi, importni qisqartirish hamda ishlab chiqarishni mahalliylashtirish orqali mahsulot tannarxini kamaytirish;

- qishloq xo‘jaligini diversifikatsiya qilish, shu jumladan, klasterlar faoliyatini tashkil etish, qishloq xo‘jaligiga zamonaviy, innovatsion agrotexnologiyalarni faol kiritish;

- innovatsion ishlanmalar va raqamli texnologiyalarni joriy qilish orqali mehnat unumdorligini oshirish vazifalari yuklatildi.

Undan tashqari, “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan har bir shaxs bilan individual va tizimli ravishda muntazam ish olib borishni tashkil qilish orqali aholining, ayniqsa, moddiy yordam va ko‘makka muhtoj oilalar, nogironligi bo‘lgan, kam taʼminlangan xotin-qizlar va yoshlarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, ularning real daromadlarini oshirish vazifalari belgilab berildi.

Shuningdek, qarorning 5-bandiga ko‘ra, hududlarda “mahallabay” ishlash tizimini joriy etish orqali mahalliy boshqaruv organlarini aholiga yana-da yaqinlashtirish, aholi va tadbirkorlarning muammolarini aniqlash hamda ularni samarali hal etish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.

Qarorning to‘liq matni bilan tanishish:
https://uza.uz/uz/

 Teglar

Boshqalar

O'xshash yangiliklar

depozit.uz logo
Eng yaxshi takliflar va yangiliklarni bizning telegram kanalda kuzatib boring.
Obuna bo'lish