Top.Mail.Ru

O'zini o'zi band qilgan shaxslar yengil avtomobilda yo'lovchi tashishi uchun litsenziya olishi tartibi va qoidalari

Prezidentning 2022 yil 07 iyuldagi qaroriga muvofiq, 2022-yil 1-sentyabrdan boshlab 2024-yilning ohirigacha 4 tadan ko‘p bo‘lmagan o‘rindiqlarga ega yengil avtomobillarda yo‘lovchi tashish o’zini o’zi band qilgan shaxs faoliyati deb qaraladi.

O'zini o'zi band qilgan shaxslar yengil avtomobilda yo'lovchi tashishi uchun litsenziya olishi tartibi va qoidalari

Ushbu faoliyat yo’lovchi tashish litsenziyasi asosida amalga oshiriladi. 

Ma’lumki, zaruriy hujjatlarsiz yo’lovchi tashish qonunga zid keladi va turli xil oqibatlarga olib kelishi mumkin. Lekin hozirgi vaqtda ham hech qanday hujjatlarsiz taksi  faoliyatini amalga oshirib, katta miqdorda jarimalar to’layotgan fuqarolar ko’p. Shuning uchun yo’lovchi tashish faoliyati bilan qonuniy shug’ullanish mazkur qaror bilan  yengillashtirib berildi.

O’zini o’zi band qilgan shaxs sifatida ro’yxatdan o’tgan fuqarolar yo’lovchi tashish litsenziyasini Davlat xizmatlari markazidan yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP) orqali olishlari mumkin. Ushbu litsenziya narxi Davlat xizmatlari markazidan olinganda bir yil uchun 300 ming so’mni, YIDXP orqali rasmiylashtrilsa 10% chegirma bilan 270 ming so'mni tashkil etadi. 

O’zini o’zi band qilgan shaxs maqomiga ega bo’lish tartibi “O'zbekistonda o’zini o’zi band qilgan shaxs maqomiga qanday ega bo’lish mumkin?” maqolasida to’liq yoritilgan.  

Bundan tashqari, agar o’zini o’zi band qilgan shaxs rasmiy ish stajiga ega bo’lishni istasa, ixtiyoriy ravishda yillik 300 ming so’m ijtimoiy soliq to’lashi lozim. Rasmiy ish stajiga ega bo’lish bu bank kreditlari, shu jumladan, agar shaxsiy avtomobilga ehtiyoj bo’lsa, avtokredit rasmiylashtirish uchun yaxshi imkoniyatdir.

Shuningdek, avtotransport vositalarini boshqarishda qo’shimcha qulayliklar yaratish maqsadida mazkur qarorga ko’ra, 2022-yil 1-sentyabrdan boshlab avtomobillarni boshqarish huquqini beruvchi ishonchnomalarni davlat xizmatlari markazlari va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali elektron shaklda rasmiylashtirish imkoniyati yaratildi. Bunda:

  • avtomobilni boshqarish huquqini beruvchi elektron shakldagi ishonchnoma rasmiylashtirilganda, uni notarial tasdiqlash talab etilmaydi;
  • elektron ishonchnoma rasmiylashtirilganda davlat boji uning amal qilish muddatidan kelib chiqqan holda — 1 oygacha boʻlgan muddatga 90 ming soʻm, 6 oygacha boʻlgan muddatga 450 ming soʻm, 3 yilgacha boʻlgan muddatga 900 ming soʻm miqdorida undiriladi;
  • elektron ishonchnoma davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati xodimlari tomonidan faqatgina planshet orqali tekshiriladi.
17:20 • 09 September, 2022

Depozit.uz Yangiliklari

home icon Bosh sahifa menu icon Menyu profile icon Profil
depozit.uz logo
Eng yaxshi takliflar va yangiliklarni bizning telegram kanalda kuzatib boring.
Obuna bo'lish