Top.Mail.Ru

O‘zbekistonning iqtisodiy holati raqamlarda

Davlat statistika qo‘mitasining infografikasida O‘zbekiston Respublikasining 2021- yilning yanvar–sentabr oylarida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi natijalari keltirilgan.

O‘zbekistonning iqtisodiy holati raqamlarda

2020-2021 yillar davomida respublikaning yalpi ichki mahsulot hajmi (YAIM) o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 6,1foizga oshib, 2021 yilda yalpi ichki mahsulot hajmining o‘sish surʼati 106,9 foiz o‘sgan.Shu davr mobaynida YAIMning xizmatlar sohasi 101,8 foizdan 119,5 foizga, sanoat ishlab chiqarish fizik hajmi indeksi 98,1 foizdan 109,0 foizga o‘sdi.

Undan tashqari, doimiy aholi soni 2020 yilning 1 oktyabrida 34 381,1 ming kishini tashkil etgani holda, 2021 yilning 1 oktyabr holatiga 35 079,2 ming kishini tashkil etdi, yaʼni 698,1 ming kishiga o‘sish kuzatilgan.

Xususan, qurilish ishlari hajmining o‘sish surʼati 2020 yilning yanvar-sentyabr oylariga nisbatan 104,5 foiz, chakana savdo tovar aylanmasi o‘sish surʼati – 109,8 foiz, bozor xizmatlari hajmining o‘sish surʼati – 119,5 foiz va tashqi savdo aylanmasi o‘sish surʼati – 102,5 foizni tashkil etdi.

Respublikada faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 2020 yildagi 454 939 dan 2021 yilda 538 466 mingga, ro‘yxatdan o‘tgan korxona va tashkilotlar soni – 566 457 taga ko‘paydi.

Shu davr mobaynida respublikada jami 44,4 mingta yoki 8398,8 ming kv.m turar-joy foydalanishga topshirildi.

18:07 • 15 October, 2021

Depozit.uz Yangiliklari

home icon Bosh sahifa menu icon Menyu profile icon Profil
depozit.uz logo
Eng yaxshi takliflar va yangiliklarni bizning telegram kanalda kuzatib boring.
Obuna bo'lish