Top.Mail.Ru

"O'zbekistonda islom moliyasi va takaful" loyihasi

Hozirgi kunda islom moliyasiga bo'lgan talab mamlakatimizda kundan-kunga ortib bormoqda. Shu sababli, biz Islom sug'urtasi rahbari Maqsud Sobirovga bir necha savollar bilan yuzlanib, ular bilan qisqa intervyu tashkil etdik.

"O'zbekistonda islom moliyasi va takaful" loyihasi

"O'zbekistonda Islom sug`urtasi - takaful" loyihasi mazmuni to'g'risida aytib bersangiz.

Takaful - bu an’anaviy sug‘urtaga muqobil bo‘lgan Shariatga muvofiq keluvchi, o‘zaro yordam tamoyiliga asoslangan sug‘urta sanaladi. Apex Insurance MChJ ApexTakaful islomiy sug‘urta loyihasi mamlakatda jamiyat ehtiyojlarini, ya’ni islomiy, shariat talablariga mos keluvchi sug‘urtaga bo‘lgan talabini qondirishni va jamiyatda o‘zaro yordamni shakllantirishni maqsad qilgan. Islomiy sug‘urta ko‘p jihatdan an’anaviy sug‘urtaga o‘xshashdir, buning sababi esa an’anaviy sug‘urtaning shariat talablariga moslashtirilganligida deb hisoblash mumkin. Islomiy sug‘urta, an’anaviy sug‘urtada mavjud shariat talablariga zid bo‘lgan jihatlari olib tashlangan an’anaviy sug‘urtaning muqobili hisoblanadi.

Islom sug'urtasi joriy etilishining sababi nimada?

Hozirgi kunda mamlakatimizda islom moliyasiga bo‘lgan talab kun sayin ortib bormoqda, shu jumladan islomiy sug‘urtaga talabning ortayotganligi islomiy sug‘urtani joriy qilishga turtki bo‘ldi, deyishimiz mumkin. O‘zbekiston aholisining ko‘p qismi musulmonlarni tashkil etadi. Mohiyatan olib qaraydigan bo‘lsak, Islomiy sug‘urta o‘z faoliyatini yuritishda islomiy banklarning bo‘lishini talab etmaydi va aholi orasida islomiy sug‘urtaga talab bo‘lgan taqdirda faoliyatini yurita oladi. To‘g‘ri, mamlakat moliyaviy faoliyatning katta ulushi banklar hissasiga to‘g‘ri keladi va hozirgi kunda bir necha banklar tomonidan islomiy darchalar ochilishi rejalashtirilgan. Bu esa o‘z navbatida islomiy sug‘urtaning rivojlanishiga qo‘shimcha tarzda turtki bo‘ladi, deb hisoblaymiz.

Islomiy sug'urtaning an'anaviy sug'urtadan farqi qanday? Ularni sanab o'tsangiz.

Islomiy sug‘urta an’anaviy sug‘urtadan bir nechta jihatlari bilan farq qiladi bular:

-Ribo

-G‘arar

-Maysir

-Risklarning ko‘chishi

Yuqoridagi elementlarning an’anaviy sug‘urtada borligi shariat talabiga ko‘ra an’anaviy sug‘urtani joiz emasligini keltirib chiqaradi. An’anaviy sug‘urta shariatga moslashtirilganligi sababli islomiy sug‘urta yuqorida keltirilgan elementlardan xoli ehson prinsipiga asoslangan shariatga mos sug‘urta hisoblanadi. Bundan tashqari yana bir qancha farqlar mavjud. Islom sug‘urtasida g‘oyasiga ko‘ra sug‘urta kompaniyasi faqatgina boshqaruvchi sifatida faoliyat yuritadi, tuzilayotgan shartnomalar esa ehson prinsipiga asoslangan shartnoma, o‘z navbatida sug‘urta risklari, Fondning foyda va zarari an’anaviy sug‘urtadan farqli ravishda ishtirokchilar ya’ni sug‘urta qildiruvchilar o‘rtasida mutanosib ravishda taqsimlanadi.

Hozirgi paytda mazkur loyiha bo'yicha qanday ishlar amalga oshirilib kelinmoqda?

Birinchi navbatda, jamiyatda islomiy sug‘urta haqida tushunchani shakllantirish va bu borada aholi savodxonligini oshirish. Bu bosqich eng ahamiyatli va muhim hisoblanadi, ushbu bosqichda ijtimoiy tarmoq, banklar OAVlar bilan hamkorlikda bir qancha ishlar rejalashtirilgan va amalga oshirish ishlari boshlanib ketgan. Undan tashqari, hozirgi kunda O‘zbekiston aholisining islom moliyasiga bo‘lgan qiziqishlari kundan kunga ortib borayotganligi, ijtimoiy tarmoqlardagi islom moliyasi borasidagi kanallar va ularning mualliflari tomonidan olib borilayotgan ishlar o‘z samarasini bermoqda. Biz ham o‘z navbatida aholi savodxonligini oshirish yuzasidan Oliy ta’lim muassasalarida ular bilan kelishgan holda islomiy sug‘urta bo‘yicha seminarlar tashkil etib borishni rejalashtirganmiz. Ayni paytda islom darchalarini joriy qilishni rejalashtirilgan banklar va tashkilotlar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish ishlari amalga oshirilmoqda. Undan tashqari XSRIK (Xususiy sektorni rivojlantirish bo'yicha Islom korporatsiyasi) tomonidan amaldagi banklarga moliyalashtirish liniyalari ajratilgan va bu yo‘nalishda ham mahalliy banklar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish borasida takliflar berilgan. Bundan tashqari bank xodimlari orasida ham islomiy sug‘urta haqida tushuntirish ishlari olib borilmoqda.

Islom moliyasi bo'yicha qanday sug'urta mahsulotlari taqdim etilmoqda?

ApexTakaful loyihasi doirasida ixtiyoriy sug‘urta turlari joriy qilingan va joriy qilinmoqda. Asosan mol-mulk bilan bog‘liq sug‘urta turlari: Transport vositalari ixtiyoriy sug‘urtasi, Mol-mulklar ixtiyoriy sug‘urtasi, Avtojavobgarlik sug‘urtasi, Baxtsiz xodisalardan ehtiyot shart sug‘urta va boshqa turdagi sug‘urta xizmatlari joriy qilingan. O‘xshashlik jihatidan an’anaviy sug‘urta turlariga yaqin, ya’ni amaldagi an’anaviy sug‘urta shartlari shariat talab va normalariga moslashtirilgan va barcha joriy qilingan sug‘urta turlari yuzasidan O‘zbekiston musulmonlar idorasi fatvo kengashi xulosalari olingan. Sug‘urta badallari miqdoriga kelsak, bir oz farq qiladi.

12:53 • 08 October, 2021

Depozit.uz Yangiliklari

home icon Bosh sahifa menu icon Menyu profile icon Profil
depozit.uz logo
Eng yaxshi takliflar va yangiliklarni bizning telegram kanalda kuzatib boring.
Obuna bo'lish