25-August, 17:36 |  2,389

O‘zbekistonda elektromobillarga talab kun-sayin ortmoqda

Davlat statistika qo‘mitasi Axborot xizmati xabariga ko‘ra, 2021 yil yanvar -iyul oylarida, yaʼni 7 oy davomida O‘zbekistonga chet eldan 432 ta elektromobil keltirilgan. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 364 taga ko‘p.

Mazkur elektromobillar importi uchun 2021 yilning yanvar-iyul oylari davomida 7,7 million AQSH dollari sarflangan. Eng ko‘p sotib olingan davlatlar kesimida qaralsa, bu Xitoy (388 ta) va Turkiya  (24 ta) davlatlariga to‘g‘ri keladi. Shuningdek, AQSH, Koreya, Germaniya, Litva, Ispaniya, Rossiya, Gonkong va Birlashgan Arab Amirliklaridan ham elektromobillar keltirilgan.

Mazkur keltirilgan elektromobillarni avval xabar berganimizdek, O‘zbekistonga yetkazib beruvchi rasmiy hamkor Megawatt Motors va Kapitalbank bilan hamkorlikda kreditga olish imkoniyati yaratilgan.

 Teglar

Boshqalar

O'xshash yangiliklar

depozit.uz logo
Eng yaxshi takliflar va yangiliklarni bizning telegram kanalda kuzatib boring.
Obuna bo'lish