Top.Mail.Ru
12-August, 11:55 |  3,341

O‘zbekistonda 1 sentyabrdan boshlab nimalar o‘zgaradi?

Prezident Farmoniga ko‘ra, ijtimoiy himoya va ko‘makka muhtoj oilalar moddiy taʼminotini kuchaytirish, ehtiyojmand oilalarni aniqlashda umumeʼtirof etilgan xalqaro standartlarni va avtomatlashgan shaffof elektron baholash mexanizmlarini joriy etish orqali nafaqalarni to‘lash tizimini bolalar salohiyatini rivojlantirish va kambag‘allikni qisqartirish maqsadida 2021 yilning 1 sentyabr sanasidan boshlab:

-        14 yoshgacha bolalari bo‘lgan oilalarga nafaqa hamda bola 2 yoshga to‘lguniga qadar uni parvarish qilish nafaqasi o‘rniga kam taʼminlangan oilalarga bolalar nafaqasi joriy etiladi. Imtiyozlarni tayinlash chog‘ida albatta bolalarning yoshi hisobga olinadi hamda uning miqdorini oiladagi bolalar sonidan kelib chiqib belgilanadi.

Shuningdek, yakka-yolg‘iz fuqarolarga, farzandi bo‘lmagan yoki barcha farzandlari 18 yoshdan katta bo‘lgan kam taʼminlangan oilalarga ham moddiy yordam tayinlanadi.

Xususan, farmonning 2-bandiga ko‘ra, 2021 yil 1 sentyabrdan boshlab bolalar nafaqasi va kam taʼminlangan oilalarga moddiy yordam to‘lovlarining quyidagi miqdorlari belgilangan:

a) bolalar nafaqasining har oylik miqdori:

250 000 so‘m – 3 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan bitta farzandi uchun, 325 000 so‘m – yoshi 3 yoshgacha bo‘lgan bitta kichik farzandi uchun;

150 000 so‘m – oilaning ikkinchi farzandi uchun qo‘shimcha;

100 000 so‘mdan – oilaning uchinchi va undan keyingi har bir farzandi uchun;

b) kam taʼminlangan oilalar uchun moddiy yordamning oylik miqdori – 380 000 so‘m.

Hujjatning rasmiy to‘liq matni bilan tanishish:

https://lex.uz/

 Teglar

Boshqalar

O'xshash yangiliklar

depozit.uz logo
Eng yaxshi takliflar va yangiliklarni bizning telegram kanalda kuzatib boring.
Obuna bo'lish