21-October, 14:26 |  453

OSON – chegarasiz mobil ilova!

OSON hamyon, Webmoney, QIWI, Yoomoney hamyonlarini to’ldish imkoniyati va Gift kartalar haqida

OSON – chegarasiz mobil ilova!

OSON – bu elektron hamyon funksiyasiga ega O’zbekistondagi birinchi ilova bo’lib, ilovaga bank kartasini qo’shish orqali to’lovlar va o’tkazmalarni amalga oshirish ham mumkin. Ilova oddiy, qulay va tushunarli interfeysga ega. Ilovada OSON hamyonlar o'rtasida dunyoning istalgan nuqtasidan komissiyasiz pul o'tkazmalarni amalga oshirish va O'zbekistondagi tashkilotlar xizmatlarini xorijdan turib to'lash mumkin. Hozirda ilovaning 1 milliondan ortiq foydalanuvchilari bor.

OSON ilovasida quyidagi turdagi tashkilotlar va xizmatlar uchun to’lovlarni amalga oshirish mumkin:

  • Mobil operatorlar;
  • Internet provayderlar;
  • Elektron hamyonlar;
  • Telefoniya;
  • Davlat xizmatlari;
  • Kommunal to’lovlar;
  • Televideniye va onlayn uzatuv;
  • O’yinlar va ijtimoiy tarmoqlar;
  • Gift kartalar;
  • Onlayn va ko’ngilochar xizmatlar;
  • Ta’lim;
  • E'lonlar va reklama;
  • Kredit va lizing to’lovlari;
  • Restoran va kafelar;
  • Sug’urta;
  • Hosting provayderlar;
  • Aviachiptalar va Mehmonhonalar;
  • Tibbiyot va hokazo.
     

Kerakli xizmat uchun to’lovni tez amalga oshirish va qulay bo’lishi uchun ekranning yuqori qismida qidiruv qatori joylashtirilgan. Xizmat nomini (masalan, Uzonline yoki Webmoney) bosh xarflarini yozishingiz bilan mos bo’lgan natijalar saralanadi.

OSON, o’zining chegarasiz mobil ilova shioriga mos ravishda, boshqa to’lov ilovalaridan ko’proq xorijiy xizmatlar integratsiya qilingani bilan farq qiladi. Masalan faqat OSONda Visa, MasterCard va МИР xalqaro kartalarini qaysi davlat yoki bank chiqarganidan qat’iy nazar ilovaga qo’shish mumkin. O’zbekistondagi boshqa to’lov ilovalarida esa faqat bitta bank, odatda o’sha ilovani chiqargan yoki hamkori bo’lgan bankdagina chiqarilgan xalqaro kartalarni qo’shish mumkin. Qolaversa OSONda ko’plab xorijiy elektron hamyonlarni, saytlar va o’yinlar hisobini to’ldirish mumkin (masalan, QIWI, Webmoney, Yoomoney, iTunes Store, Google Play, Steam, PUBG va hokazo).

OSONning boshqa ilovalardan asosiy ustunligi - elektron hamyon funksiyasi borligida. Birinchidan OSON hamyonlar o'rtasida dunyoning istalgan nuqtasidan komissiyasiz pul o'tkazmalarini amalga oshirish mumkin. Masalan, Rossiyadan O’zbekistonga yoki aksincha. Qolaversa Uzcard va Humo tizimidagi kartalar profilaktika tufayli ishlamay qolsa yoki chet elda qabul qilinmasa, to’lovni OSON hamyon bilan amalga oshirish mumkin. 

OSON hamyonning saqlash va o’tkazish mumkin bo’lgan summaga ko’ra farq qiladigan uchta turi bor. Ko’proq imkoniyatga ega bo’lish uchun shaxsni tasdiqlash (identifikatsiya) jarayonidan o’tish talab qilinadi. Bu jarayon va shartlar haqida ushbu maqolada batafsil ma’lumot berilgan. 

OSON hamyonni Uzcard va Humo kartalari bilan to’ldirish komissiyasi – 0%, Visa, MasterCard va МИР kartalari bilan to’ldirish – 1%, Paynet shoxobchalarida va ilovasida to’ldirish – 2,5%, QIWI elektron hamyonidan to’ldirish – 0% va Webmoney elektron hamyonidan to’ldirish komissiyasi - 0,8% etib belgilangan. OSON hamyondan Uzcard va Humo tizimidagi kartalarga o'tkazish komissiyasi 2%.

OSON ilovasida ko’plab xorijiy elektron hamyonlarni jumladan, Webmoney, QIWI, va Yoomoney (avvalgi Яндекс.Деньги)ni to’ldirish mumkin. Ahamiyatlisi, OSON ushbu elektron hamyon tizimlarining O’zbekistondagi kam sonli, rasmiy identifikatsiya qilish huquqiga ega hamkorlaridan biridir. Identifikatsiyadan o’tish uchun OSON ilovasining ofislaridan biriga pasport bilan murojaat qilish talab qilinadi.

Hozirda OSONda o’tkazmalar uchun komissiya Uzcard-Uzcard, Uzcard-Humo, Humo-Uzcard yo’nalishlari uchun – 1%, Humo-Humo yo’nalishi uchun 0,5% qilib belgilangan. Ilovada Bonuslar ko’rinishidagi keshbek tizimi yo’lga qo’yilgan bo’lib, amalga oshirilgan to’lovlarni belgilangan qismi OSON hamyonga qaytariladi. Bu haqida batafsil ushbu maqola orqali ma’lumot olishingiz mumkin.

Ko’pchilik boshqa to’lov ilovalarida mavjud bo’lmagan “Hisobni bo’lish” funksiyasi OSONning ajoyib imkoniyatlaridan biridir. Ushbu bo’lim orqali biror tadbir xarajati, umumiy to’lov (masalan, xayriya tadbiri uchun ulushni, kafedagi hisobni) yoki umumiy sovg’a xaridi uchun kerakli summani qulay yig’sh mumkin. Buning uchun Hisobni bo’lish bo’limida yangi to’lov hisobini yaratib, Teng bo’lish yoki Har xil bo’lish variantlaridan kerakligini tanlab, nomi (ya’ni nima maqsad uchun pul yig’ilayotgani), umumiy summa va to’lovchilarni telefon kontaktlari orasidan tanlash kerak bo’ladi. Tanlangan to’lovchilar OSON ilovasida kelgan hisobni ko’rib to’lovni qulay amalga oshirishlari mumkin bo’ladi. Agar tanlangan to’lovchi OSON ilovasi foydalanuvchisi bo’lmasa, unga ilovani o’rnatishga SMS taklif keladi.

OSONning yana bir o’ziga xos jihati – bu Gift karta (sovg’a kartasi)ni sotib olish imkoniyatidir. Gift karta – bu Google Play, iTunes Store, PUBG, Steam va hokazo onlayn xizmatlar hisobini to'ldirish imkonini beradigan karta. Masalan, Google Play gift kartasi bilan, Play Marketdagi barcha pullik xizmatlarni sotib olish mumkin (ilovalarning pullik versiyalari, filmlar, musiqa va kitoblar). Buning uchun OSON ilovasida Gift kartalar bo'limida kerakli nominaldagi Gift kartani tanlab, elektron pochta manzilingizni kiritgan holda kartani sotib olishingiz kerak bo’ladi. Ko’rsatilgan pochta manziliga kelgan faollashtirish kodini Play Marketda tegishli maydonga kiritish orqali hisob to’ldiriladi.

OSONning kunu-tun ishlaydigan qo’llab-quvvatlash xizmatini alohida ta’kidlab o’tish kerak. Sizda biror savol paydo bo’lsa yoki muammoga duch kelsangiz istalgan vaqt ilova orqali operatorga murojaat qilib masalani hal qilishingiz mumkin. Ushbu maqola uchun atayin tungi soat uchda savol berib tekshirilganida ham operator qisqa fursatda javob berdi. OSON operatorlari savolingiz yoki Siz duch kelgan muammoga yechim topib berishga doim tayyor!

Xulosa qiladigan bo’lsak, OSON – mahalliy va ayniqsa xorijiy xizmatlar uchun to’lovni qulay amalga oshirish imkonini taqdim qiluvchi, elektron hamyon funksiyasiga ega ajoyib ilovadir!

Barcha ilovalar komissiyalari bilan Depozit.uz saytining To’lovlar sahifasida tanishishingiz mumkin.

O'xshash yangiliklar

depozit.uz logo
Eng yaxshi takliflar va yangiliklarni bizning telegram kanalda kuzatib boring.
Obuna bo'lish