Top.Mail.Ru
03-November, 16:59 |  10,670

O’zbekistonda qanday qilib Visa Virtual kartasini ochish mumkin?

O’zbekistonda Visa Virtual kartasini onlayn ochish mumkin bo’lgan ilovalar, karta shartlari va narxi haqida

O’zbekistonda qanday qilib Visa Virtual kartasini ochish mumkin?

Xorijga sayohat Siz uchun odatiy holmi? Internet orqali xorijiy do’konlardan tez-tez onlayn harid qilasizmi? Yoki turli saytlar, ijtimoiy tarmoqlar, o’yinlar hisobini to’ldirish kerakmi? Unda to’lovlar uchun Sizga aniq Visa kartasi kerak.

Visa – bu xalqaro to’lov tizimi bo’lib, Visa kartasi dunyoning 200 dan ortiq davlatida Visa logotipi tushirilgan savdo nuqtalari va bankomatlarda amal qiladi. Shu jumladan, O’zbekistonda HUMO to’lov tizimi terminal va bankomatlarida ham. Shuningdek Visa kartasi bilan onlayn xaridlarni ham to’lash imkoniyati mavjud. 

Visa kartasi narxi, qo’llanish shartlari va taqdim qilinadigan imkoniyatlariga ko’ra farq qiladigan bir nechta turda bo’ladi: Visa Classic, Visa Gold, Visa Platinum, Visa Infinite va Visa Virtual.

Ushbu kartalardan ochish va foydalanish eng oson bo’lgani Visa Virtualdir. Bu o’z nomi bilan virtual karta bo’lib, faqat elektron shaklda ilova yoki saytda ochiladi va saqlanadi. Ya'ni, u oddiy kartalar kabi jismoniy vositaga ega emas. Visa Virtual kartasi cheklangan imkoniyatlarga ega bo’lib, asosan internet orqali xaridlarni to’lash uchun ishlatiladi.

E’tiboringizga O’zbekistonda Visa Virtual kartasini ochish mumkin bo’lgan ilovalar va saytlar ro’yxatini hamda karta shartlarini taqdim qilamiz: 

 Kartani ochishKarta bahosiKamaymaydigan qoldiq*Xizmat ko’rsatish**To’lov uchun komissiyaValyuta***
1CLICK ilovasi va click.uz saytidaBepul0 so’mBepul0%So’m
2Payme ilovasi va  payme.uz saytida;Bepul0 so’mBepul0%So’m
3HumansBepul0 so’mBepul0%So’m
4Hamkor MobileBepul0 dollarBepul0,5% (kamida 0,5 AQSh dollari)Dollar
5OFBBepul0 so’mBepul0,5% (kamida 0,5 AQSh dollari)So’m/Dollar
6RBK-MobileBepul2 dollarBepul0%So’m
7Apelsin ilovasi va apelsin.uz saytidaBepul5 dollarBepul0%Dollar
8Ipak Yo'li Mobile ilovasi va ipakyulibank.uz saytidaBepul5 dollarBepulAksiya davomida (31.12.2021 yilgacha) - 0%, keyin 0,7% (kamida 0,5 AQSh dollari)Dollar
9Milliy ilovasi va milliy.nbu.uz saytida;10,000 so’m5 dollarBepul0%Dollar
10Beeline Uzbekistan10,000 so’m0 so’mBepul0%So’m

Visa Virtual kartasini ochish uchun tanlangan ilova yoki saytda Kartalar bo’limiga kirish, Virtual kartani ochish, Kartaga buyurtma berish, Visa Virtual kartasini ochish tugmasini bosish, so’ngra karta shartlari bilan tanishib Kartani qo’shish yoki Buyurtma berish tugmasini bosish kerak bo’ladi (tanlangan ilova yoki saytga ko’ra ushbu tugmalar nomi va harakatlar ketma-ketligi farq qilishi mumkin). 

Muhim shartlar:

  • Visa Virtual kartasini ochish uchun foydalanuvchi identifikatsiyadan o’tishi talab qilinadi. Payme, CLICK, RBK-Mobile ilovalarida bu jarayonni ilovaning o’zidan, pasport ma’lumotlarini kiritgan holda onlayn o’tish mumkin. Milliy ilovasida identifikatsiyadan o’tish uchun bankka pasport bilan murojaat qilish, shuningdek ushbu bankda chiqarilgan karta mavjud bo’lishi talab qilinadi. Hamkor Mobile, OFB, Apelsin va Ipak Yo'li Mobile ilovalarida esa ilovani chiqargan bank kartasini ilovaga qo’shish orqali identifikatsiyadan o’tish mumkin. Agar ushbu ilovalarning banklari chiqargan kartangiz bo’lmasa, (Hamkor Mobiledan tashqari) kartani ilova saytida yetkazib berish bilan buyurtma qilishingiz mumkin.
  • Humans va Beeline Uzbekistan ilovalarida faqat ushbu mobil operator abonentlari Visa Virtual kartasini ochishilari mumkin. Ahamiyatlisi, Humans mobil operatori abonenti hisobi va Visa Virtual kartasi hisobi yagonadir. Ya’ni, mobil operator xizmatlari uchun hisobga tushirilgan summani Visa Virtual kartasi orqali to’lovlar uchun ham ishlatish mumkin. Shuning uchun, kartada kamaymaydigan qoldiq bo’lmasa ham, hisobda doim 1 dollar qolishi kerak. Agar Humans mobil operatori abonenti bo’lmasangiz, o’zingizga yoqqan raqamni saytda tanlab band qilib qo’yishingiz va yaqin oradagi savdo nuqtalaridan biridan SIM-kartani olib ketishingiz yoki bepul yetkazib berish xizmatidan foydalanishingiz mumkin.
  • Payme ilovasida karta ochish Bepul. Ammo karta ochish jarayonida 15000 so’m to’lash talab qilinadi. Ushbu summa karta ochilganidan keyin karta hisobiga o’tkazib beriladi.
  • CLICK ilovasida karta ochish uchun Agrobank tomonidan chiqarilgan Uzcard yoki HUMO to’lov tizimidagi karta bor bo’lishi talab qilinadi. Agar bunday kartangiz bo’lmasa, ilovada kartani yetkazib berish bilan buyurtma qilishingiz mumkin.

 

*Kamaymaydigan qoldiq bu karta hisobida doim saqlanadigan, ishlatib bo’lmaydigan pul miqdori.

**Xizmat ko’rsatish bu karta uchun har oy yoki yilga to’lanadigan to’lov turi.

***Valyutasi so’mda bo’lgan kartalardan, boshqa valyutadagi (masalan, dollar yoki rubldagi) xaridlar uchun to’lov amalga oshirilayotganda valyuta avtomatik ravishda o’sha kungi kurs bo’yicha konvertatsiya qilib to’lanadi. 

Ushbu maqoladagi ma’lumotlardan foydalanib o’zingizga eng qulay kartani tanlashingiz va xorijiy do’konlarda to’lovni komissiyasiz amalga oshirishingiz mumkin!

Barcha kartalar shartlari bilan batafsil Depozit.uz saytining Debet kartalar sahifasida tanishishingiz mumkin.

O'xshash yangiliklar

depozit.uz logo
Eng yaxshi takliflar va yangiliklarni bizning telegram kanalda kuzatib boring.
Obuna bo'lish