Bank filiallariga murojaat qilmagan holda, onlayn amaliyotlarni bajara olish yaqin kunlargacha biz uchun huddi bir ro'yodek edi desak mubolag'a bo'lmas.
Bank filiallariga murojaat qilmagan holda, onlayn amaliyotlarni bajara olish yaqin kunlargacha biz uchun huddi bir ro'yodek edi desak mubolag'a bo'lmas.
So'nggi vaqtlar ichida hammamiz karantin va o'zini izolyatsiya qilish nima ekanligini bilib oldik.
Ilgari, biz bank filiallariga borib, u yoki bu bank amaliyoti yoki xizmatidan foydalanish uchun turnaqator navbatlarda kunimizning yarimini o'tkazib yuborardik. Shunga yarasha ishimiz bitishi ham kafolatlanmagan edi. Kim o'ylabdi deysiz butun jahon boshiga tushgan bu ko'rgulik pandemiya hayotimizning ayrim jabhalariga birmuncha yengillik va afzalliklar olib kelishini. Ko'plab sohalar ancha avtomatlashtirilib, inson mehnati aralashuvi birmuncha kamaytirildi, bu esa vaqtingizni tejabgina qolmay, ancha muncha qulaylik baxsh etdi, insonlarning joniga oro kirdi deyishimiz mumkin.
Tasavvur qiling-a, smartfoningizni o'zida bir necha tugmachalarni bosish orqali bank xizmatlaridan foydalanishga imkoniyat yaratildi. Banklar tomonidan qulay va tushunarli mobil ilovalar taqdim etilmoqda, vaqt o'tgani sari onlayn amaliyotlar soni kengaymoqda. Bularning barchasi esa Internet banking sohasining rivoji yo'lidadir. Biz azizlar esa ularni mazkur mashaqqatli yo'lda qo'llab-quvvatlab tursak eng katta ko'magimiz bo'ladi, nazarimda.