Top.Mail.Ru
23-June, 16:07 |  259

MIR toʻlov tizimi – Oʻzbekiston va Rossiya uchun yagona toʻlov tizimi sifatida.

MDH davlatlaridan sayyohlar oqimi ortib borayotgani munosabati bilan mamlakatimizda ular uchun barcha shart-sharoitlarni, jumladan, moliyaviy qulayliklarni yaratish zarurati ham oshib bormoqda.

MIR toʻlov tizimi – Oʻzbekiston va Rossiya uchun yagona toʻlov tizimi sifatida.

Yagona to‘lov maydonini yaratish va to‘lov tizimlarining uzluksiz ishlashini ta’minlash ana shunday muhim shartlardan biridir. Shu sababli va sayyohlarning asosiy qismi Rossiyadan kelgan mehmonlar bo‘lgani uchun mamlakatimizda MIR to‘lov tizimi faoliyatini yo‘lga qo‘yish ishlari boshlab yuborildi.

MIR – bu Rossiya milliy to'lov tizimi bo’lib, u Rossiyadan tashqari, Turkiya, Vetnam, Armaniston, O'zbekiston, Belarusiya, Qozog'iston, Qirg'iziston, Tojikiston kabi bir qator boshqa mamlakatlarda ham amal qiladi.

O‘zbekistonda MIR kartalari 2020-yildan boshlab qabul qilinadi. Bu kartochkalarga talab ortib borayotgani bois esa joriy yilda to‘lov tizimlarining bu yo‘nalishdagi ishlari faollashdi. Mamlakatimizda MIR kartalari asosan kobeydj kartalar - UZCARD-MIR ko‘rinishida chiqariladi. Kobeydj kartalari respublika hududida ham, Rossiya Federatsiyasi hududiga sayohat qilishda ham egalari uchun juda qulay, chunki ular bir vaqtning o‘zida ikkita to‘lov tizimi bilan ishlaydi: O‘zbekistonda bitimlar so‘mda, Rossiyada esa rubl'da amalga oshiriladi.

O‘zbekistonda UZCARD-MIR karta egalari terminallarda to‘lovlarni amalga oshirishlari va bankomatlardan pul yechib olishlari, kartadan kartaga pul o‘tkazishlari, QR-kodlari yordamida va onlayn to‘lovlarni amalga oshirishlari mumkin. Bugungi kunda bu kartalarning qo‘shimcha qulayliklari ham mavjud: metro va boshqa jamoat transportida yoʻl haqini naqd pulsiz shaklda va kontaksiz amalga oshorish mumkin.

Yuqorida keltirilgan qulayliklar Rossiyada chiqarilgan MIR kartalari egalari ulardan O‘zbekiston hududida foydalana olmaydi, degani emas. Rossiyada chiqarilgan MIR kartalari bilan:

  • Uzairways rasmiy saytida chiptalarni to'lash mumkin;
  • Apelsin ilovasi orqali barcha milliy kartalarga pul o'tkazish mumkin;
  • Uzcard bankomatlari orqali tranzaksiyalarni amalga oshirish va ularning joylashgan joyini Uzcard ilovasi orqali bilib olish mumkin;
  • Makro supermarketlar tarmog'ida xarid qilingan tovarlar uchun to'lovni amalga oshirish mumkin;
  • OSON ilovasida xizmatlar uchun to'lov qilish mumkin;
  • poezd chiptalari uchun to'lash mumkin.

O‘zbekiston hududida MIR kartasini rasmiylashtirib, mamlakat tashqarisida foydalanuvchilar MIR to‘lov tizimida ishtirok etadigan Rossiya banklari infratuzilmasida naqd pul olish va UZCARD-MIR kobeydj to‘lov kartasi bilan to‘lash imkoniyatiga ega bo’ladilar. Shu bilan birga, chet el valyutasida qo‘shimcha hisobraqam ochish talab qilinmaydi.

Bundan tashqari, hamkorlikning turli shakllari doirasida MIR to‘lov tizimi butun Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi hududida – Belarus, Armaniston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, shuningdek, Tojikiston, Janubiy Osetiya, Abxaziya, Turkiya, V'etnamda ham faoliyat yuritadi va bu davlatlarda MIR to‘lov tizimida ishtirok etuvchi banklarning infratuzilmasi orqali UZCARD-MIR kobeydj to‘lov kartasidan foydalanish mumkin. 

UZCARD-MIR kobeydj kartalarini olish uchun quyidagi banklarga murojaat qilishingiz mumkin: Aloqabank, Xalq banki, Qishloq qurilish bank, Turonbank, Mikrokreditbank.

Debet kartalar bo'yicha batafsil ma'lumotni Debet kartalar sahifasidan olishingiz mumkin.

 Teglar

Debet kartalar

O'xshash yangiliklar

depozit.uz logo
Eng yaxshi takliflar va yangiliklarni bizning telegram kanalda kuzatib boring.
Obuna bo'lish