Top.Mail.Ru

Kobeydj kartalar: afzallik va qulayliklari.

Ish haqi va do'konda xaridlar qilish uchun - bitta karta, onlayn xaridlar va chet elga sayohatlar uchun - alohida xalqaro yoki valyuta karta ishlatilishi ko’pchiligimizga tanish holatdir.

Kobeydj kartalar: afzallik va qulayliklari.

Kobeydj karta - bu ikkita to'lov tizimining qo'shma kartasidir. Ushbu karta qurilmasiga ko'ra oddiy karta hisoblanadi, lekin farqi shundaki, u ikkala to'lov tizimining infratuzilmasida ham qo'llanilishi mumkin.

Biz ko'pincha plastik kartalardan ularning qanday ishlashi haqida o'ylamasdan foydalanamiz. Barcha kartalar ma'lum bir to'lov tizimi doirasida chiqariladi. Kobeydj kartalar esa bir vaqtning o'zida ikkita to'lov tizimining infratuzilmalarida, masalan, Uzcard va MasterCard tizimida ishlashi mumkin bo'lgan qo'shma bank kartalari hisoblanadi. Kobeydj kartalarning ushbu xususiyati mijozlarga ma'lum qulaylik va afzalliklarni beradi.

Kobeydj kartalar o'z nomini "company badge" iborasidan olgan bo'lib, "belgilar guruhi" deb tarjima qilinadi. Darhaqiqat, kartaning to'lov tizimi uning old tomonida belgi ko'rinishida ko'rsatilgan bo'ladi va agar siz qo'shma kartalarga qarasangiz, ular bir vaqtning o'zida ikkita belgiga ega bo'ladi.

Kobeydj kartalarining o‘ziga xosligi nimada?

  • Siz bir vaqtning o'zida ikkita to'lov tizimining chegirmalar va maxsus takliflardan foydalanishingiz mumkin;
    Bitta karta bir vaqtning o'zida ikkita karta vazifasini bajaradi va ximat haqi hisobiga harajatlaringiz tejaladi;
    Chet elda foydalanish uchun qulay;
    Tizim avtomatik ravishda siz uchun eng foydali to'lov tizimini tanlaydi;
  • Ushbu kartalar chet el valyutasida to‘lovlar amalga oshirilganda bir zumda so‘mdagi mablag‘larni avtomatik tarzda konvertasiya qilish imkonini beradi;
  • Kobeydj kartalarida zamonaviy texnologiyalar mavjud (NFC yordamida kontaktsiz to‘lov usuli, bir necha darajali himoya tizimi va b.)

Bugungi kunda mamlakatimizda siz quyidagi toʻlov tizimlarida ishlaydigan kobeydj kartalarni ochishingiz mumkin:

  • UZCARD-UnionPay;
  • UZCARD-MIR;
  • UZCARD-Mastercard;
  • HUMO-Visa;
  • HUMO-Mastercard.

Quyidagi jadvalda hozirgi vaqtda banklarda mavjud bo’lgan kobeydj kartalar kelririlgan. Barcha ma’lumotlar bank saytlari va aloqa markazlari orqali aniqlashtirilgan. 

Bank nomiKarta turiKarta chiqarish narxi, so'mSug’urta depoziti, so'm
AgrobankUZCARD-UnionPay45 000108 000
HUMO-Visa45 000-
AnorbankHUMO-MastercardBepul100 000
Asia Alliance BankUZCARD-UnionPay45 00050 000
 UZCARD-UnionPay25 000-
UZCARD-МIR25 000-
AsakabankUZCARD-Mastercard3450015 000
HUMO-Mastercard34 50015 000
Davr BankUZCARD-UnionPay30 000 
HUMO-Visa30 000 
HamkorBankUZCARD-UnionPay35 000-
HUMO-Visa30 000-
MikrokreditbankUZCARD-UnionPay35 000-
HUMO-Mastercard15 000-
UZCARD-МIR35 000-
Xalq bankiUZCARD-UnionPay30 000-
UZCARD-MIR30 000-
Poytaxt bankUZCARD-UnionPay45 000-
Qishloq qurilish bankUZCARD-UnionPay25 000-
SavdogarbankUZCARD-UnionPay35 000-
TuronbankUZCARD-MIR36 000-
Turkiston BankHUMO-Mastercard10 000-
UniversalbankUZCARD-UnionPay25 000-
Xalq bankiUZCARD-UnionPay30 000-
UZCARD-MIR30 000-

Bu va boshqa bank kartalarining batafsil shartlari bilan Debet kartalar bo'limida tanishishingiz mumkin.

17:06 • 01 June, 2022
home icon Bosh sahifa menu icon Menyu profile icon Profil
depozit.uz logo
Eng yaxshi takliflar va yangiliklarni bizning telegram kanalda kuzatib boring.
Obuna bo'lish