Top.Mail.Ru

Mikrokredit tashkilotlaridan mikroqarzlar: xususiyatlari, afzallik va kamchiliklari

Banklarga nisbatan yuqori foiz taklif qilishiga qaramay, mikrokredit tashkilotlari (MKT) aholining turli qatlamlari orasida talabga ega.

Mikrokredit tashkilotlaridan mikroqarzlar: xususiyatlari, afzallik va kamchiliklari

Deyarli har bir shaharda mikrokredit tashkilotlari mavjud. Ularning mashhurligining siri oddiy – ular kredit uchun ariza topshirilgandan so'ng darhol pul beradi. Hujjatlarni tayyorlash va bankning ijobiy javobini kutish uchun vaqt yetarli bo’lmaganda, qisqa vaqtda kredit olish imkoniyati juda asosli hisoblanadi. Biroq masala tez hal bo’lishiga qaramay, tezlik uchun qo’chimcha foiz to’lashga to’g’ri keladi.

Odatda, MKTlardan mikroqarzlar banklarga qaraganda kichikroq summalarda olinadi. Bank krediti, qoida tariqasida, hayot sifatini yaxshilash – masalan qimmatbaho texnikalar yoki mebel sotib olish, uy-joyni ta’mirlash uchun olinadi. Mikroqarz ko’proq kutilmagan vaziyatlarda shoshilinch ehtiyojlarni qondirish uchun talab etiladi.

MKT kreditiga murojaat qilishdan oldin:

  • Birinchidan, sizning vaziyatingiz haqiqatan ham shunchalik muammolimi va uni hal qilish uchun qarz olishingiz qanchalik kerakligini aniqlang.
  • Ikkinchidan, o'z imkoniyatlaringizni to’gri baholang: qarzga olingan pul ustiga foizi bilan qaytarilishi kerak. Kelajakdagi byudjetga katta zarar yetkazmasdan kreditni o'z vaqtida to'lay olasizmi?

Agar sizga zudlik bilan pul kerak bo'lsa ham, shoshilmang va shoshilinch qarorlar qabul qilmang: turli tashkilotlarning takliflarini baholang. Mikroqarz qisqa muddatga berilsa-da, kunlik 0,2% yillik 73% ekanligini unutmang. Haqiqatan ham shuncha ortiqcha pul to'lashga tayyorligiz haqida o'ylab ko'ring.

Shunday qilib:

  1. Foiz stavkalarini hisoblang, shartnomaning individual shartlarini va MKT tomonidan bir tomonlama ravishda o'rnatiladigan umumiy shartlarni o'qib chiqing.
  2. Shartnomaning individual shartlarini diqqat bilan o'rganing: ular qo'shimcha xizmatlar uchun shartlarni o'z ichiga olishi ham mumkin va ular qaytarishingiz kerak bo'lgan summaga ta'sir qiladi.
  3. Kreditning to’liq qiymatini tekshiring. Shartnoma shartlarida yillik foiz hisobidan maksimal ustama to'lovi ko’rsatilishi shart.

MKTlardan kredit olishning afzalliklari

Afzalliklari kam emas. Ro'yxatdan o'tish tartibi juda oddiy va tezdir, shuning uchun ma’lum toifadagi qarz oluvchilar uchun bu juda qulay. Afzalliklari:

  • Hujjatlar deyarli talab etilmaydi. Kerakli hujjatlar ro'yxati minimaldir. Aksariyat hollarda bitta pasportning o’zi yetarli bo’ladi. Daromadni tasdiqlovchi hujjatni taqdim qilishi shart emas.
  • Darhol rasmiylashtirish. Ariza banklarga qaraganda tezroq to'ldiriladi va ko'rib chiqiladi. Tasdiqlangandan so'ng darhol pul o'tkaziladi. Ko'pincha bu taxminan 15-20 daqiqa davom etadi.
  • Yuqori ma'qullash darajasi. Kichik miqdorlar haqida gap ketganda, 98% hollarda ijobiy javob keladi.
  • Ko’pchilik foydalana oladi. Banklar o'z mijozlariga qat’iyroq talablar qo'yadi. Yosh cheklovlari va yomon kredit tarixi pul olish uchun to'siq bo'ladi. Mikrokredit tashkilotlari esa qarz oluvchilarga yumshoqroq shartlar qo’yadi. Katta bo’lmagan miqdorda muddati o’tgan to’lovlar mavjudligi yoki past skoring balli rad javobi uchun asos bo’lmaydi.

 

Muhim! Mikroqarzning o‘z vaqtida qaytarilishi mijozning kredit tarixini yaxshilash imkonini beradi. Ma’lum muddat davomoda mikroqarzni o'z vaqtida to’lab borilishi kelajakda bankdan kredit olish imkoniyatini oshiradi.

MKT mikroqarzlarining kamchiliklari

Barcha afzalliklar bilan birga, MKT mikroqarzlarining kamchiliklari ham mavjud. Masalan, yuqori foiz hamma uchun ma’lum kamchilik, lekin bundan tashqari boshqa ko’zga ko’rinmaydigan salbiy tomonlar ham mavjud. Agar ularning barchasi haqida bilsangiz, unda mikroqarz olish haqida qaror qabul qilishni imkon qadar chuqurroq o’ylaysiz.

  • Foiz stavkasi banknikidan bir necha barobar yuqoriligi yuqori. Gap shundaki, MKT kunlik foizni ko'rsatadi. Bu amalda qanchalik yuqori bo'lishini hamma ham tushunmaydi. Ko'pincha, banklar 25-30% stavkada kreditlar taklif qilganda, MKTlar qarz oluvchilarni 0,2% yoki undan ham kamroq Stavka bilan jalb qiladi.

Maslahat! Bundan vaziyatda farqni tushunish muhimdir. Bank krediti stavkasi yillik ifodalanadi. Agar MKT tomonidan va'da qilingan 0,2%ni bir yildagi kunlar soniga ko'paytirsak, biz banklardagi 25-30% o’rniga yillik 73% ega bo’lamiz. Haqiqiy ustama to'lovni baholash uchun kredit berish kunlarining sonini hisobga olgan holda foizni hisoblang.

  • Jaimalar banklarga qaraganda qattiqroq. Kechiktirilgan har bir kun uchun MKT tomonidan belgilangan miqdorda jarima undiriladi. Banklar uchun esa jarima foizlar miqdori bo'yicha cheklovlar mavjud.
  • Kutilmagan holatlarda ham, masalan, koronavirus tufayli karantin holatida ham, qarz o'z vaqtida to'lanishi kerak. Banklarda bunday vaziyatlarda kredit ta'tillari taqdim etiladi.

 

Bugungi kunda O'zbekiston hududida 84 ta mikrokredit tashkiloti faoliyat yuritadi. Ularning barchasi turli shartlarda mikroqarzlar taqdim etadi. Biroq hozirgi vaqtda bunday mikroqarzlarning barchasi bevosita mikrokredit tashkilotiga murojaat qilish orqali taqdim etiladi, onlayn rasmiylashtirish mikrokredit tashkilotlari tomonidan yo'lga qo'yilmagan.

Shunday qilib, MKT kreditlariga ehtiyotkorlik bilan yondashish kerak. Avvalo, mijoz kreditni qanday qaytarishni rejalashtirayotgani haqida aniq tushunchaga ega bo'lishi kerak. Mikrokredit tashkilotlariga bilan faqat ikkita holatda – zudlik bilan pul kerak bo'lganda yoki qulayroq shartlarga ega bo'lgan banklardan rad javobini olganda murojaat qilishga arziydi.

Barcha mavjud mikroqarzlarining batafsil shartlari bilan Mikroqarzlar sahifasida tanishishingiz mumkin.

17:53 • 10 October, 2023
home icon Bosh sahifa menu icon Menyu profile icon Profil
depozit.uz logo
Eng yaxshi takliflar va yangiliklarni bizning telegram kanalda kuzatib boring.
Obuna bo'lish