Top.Mail.Ru
17-August, 20:03 |  906

Magistraturada o’qiyotgan xotin-qizlarning kontrakt puli davlat tomonidan to’lab beriladi

Oliy ta’lim muassasalarida magistraturasida o‘qiyotgan xotin-qizlarning kontrakt to‘lovlarini qoplab berish tartibi belgilandi.

Magistraturada o’qiyotgan xotin-qizlarning kontrakt puli davlat tomonidan to’lab beriladi

15 avgustdagi 447-sonli hukumat qarori bilan davlat oliy ta’lim muassasalarining magistratura bosqichiga to’lov-kontrakt asosida o’qishga qabul qilingan va ta’lim olayotgan xotin-qizlarning to‘lov-kontrakt summasini Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qoplab berish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

Nizomga ko‘ra, davlat oliy ta’lim muassasalari, shu jumladan, Prezident huzuridagi Davlat boshqaruv akademiyasi, Bosh prokuratura akademiyasi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi hamda Bank-moliya akademiyasining magistratura bosqichida o‘qiyotgan barcha xotin-qizlarning kontrakt to‘lovlari qaytarish shartisiz qoplanadi.

Muhim! To’lov-kontrakt summasi stipendiyani hisobga olmagan holda, bazaviy miqdorda to’lab beriladi.

To’lov-kontrakt to’lab berilishi uchun davlat oliy ta’lim muassasalarining magistratura bosqichiga to’lov-kontrakt asosida qabul qilingan va ta'lim olayotgan talaba xotin-qizlar 2022/2023 o‘quv yilidan boshlab o‘quv yili uchun to‘lov-kontraktning to‘liq summasini qoplab berish yuzasidan o‘zlari ta'lim oladigan ta’lim muassasasi rektori nomiga 15 sentyabrgacha ariza bilan murojaat etishlari kerak. Ushbu muddatdan keyin taqdim etilgan arizalar ko‘rib chiqilmaydi.

To‘lov-kontrakt summalari Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qoplab berish to‘g‘risida buyruq joriy o‘quv yilining 15-oktabriga qadar tegishli oliy ta’lim muassasasi rektori tomonidan qabul qilinadi.

Ushbu tartib nodavlat oliy ta’lim muassasalari va xorijiy oliy talim muassasalarining O‘zbekistondagi filiallarida magistratura bosqichida tahsil olayotgan talaba xotin-qizlarga nisbatan tadbiq etilmaydi.

Ta'lim kreditlari bo'yicha batafsil ma'lumot Ta'lim kreditlari sahifasida mavjud.

O'xshash yangiliklar

depozit.uz logo
Eng yaxshi takliflar va yangiliklarni bizning telegram kanalda kuzatib boring.
Obuna bo'lish