Avvalo, ipoteka krediti rasmiylashtirish jarayonida qanday tavakkalchiliklarni hisobga olish lozim?
Avvalo, ipoteka krediti rasmiylashtirish jarayonida qanday tavakkalchiliklarni hisobga olish lozim? Odatda, ipoteka krediti asosan katta mablag‘ olish hisobiga rasmiylashtiriladi, shu sababli yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun ipoteka krediti olish istagidagi shaxslar quyidagi savollarga aniqlik kiritib olishi zarur:
1. Boshlang‘ich badal uchun qancha mablag‘im bor va qancha summa bankdan ipoteka krediti rasmiylashtirishim kerak? Chunki, qoidaga ko‘ra ipoteka shartnomalari tegishli shartlariga asosan, uy-joy uchun to‘lanuvchi boshlang‘ich to‘lov (25-30 foizi) mijoz mablag‘i, qolgan 70 foizi esa tijorat banklari mablag‘lari hisobidan kredit ajratish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
2. Kreditni oyma-oy to‘lab borish uchun har oy daromadingizning qancha qismini tijorat banklari tomonidan ajratilgan kredit to‘lovini to‘lashga tayyorsiz va buni qancha muddatda bajara olasiz?
3. Daromadingiz va kelgusi xarajatlaringizni baholang.
4. Agar kredit to‘lovingiz yillik daromadingizning ½ dan ko‘prog‘idan oshsa, sizda qarzni to‘lay olmaslik xavfi mavjud.
5. Shoshilmasdan ipoteka kreditlari taqdim etilayotgan barcha tijorat banklarining takliflarini solishtiring, shartnoma shartlarini diqqat bilan o‘qing. Shartnomaning har bir bandini to‘g‘ri tushunganingizga ishonch hosil qiling.
Tijorat banklari tomonidan ajratilayotgan ipoteka kreditlari nechi yil muddatga ajratiladi va qaysi banklar tomonidan kreditni rasmiylashtirish mumkin?
Ipoteka bozorini uzoq muddatli resurslar bilan taʼminlash maqsadida qabul qilingan Farmonga ko‘ra, ipoteka krediti O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi pul mablag‘larini tijorat banklariga 20 yil muddatga bozor shartlari asosida joylashtiradi hamda tijorat banklari aholiga o‘z mablag‘lari va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan ajratiladigan mablag‘lar hisobidan ipoteka kreditlarini taqdim etadi.
Xususan, yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun ipoteka krediti olish istagidagi shaxslar O‘zsanoatqurilishbank, Hamkorbank, Mikrokreditbank, O‘zMilliy bank, Aloqabank, Qishloqqurilishbank, Turonbank, Oriyentfinansbank, Xalq bank, Agrobank, Ipotekabank va Asakabanklarga murojaat qilishlari mumkin.
Yakka tartibdagi uy-joyni qurish (rekonstruksiya qilish) istagidagi shaxsga qo‘yiladigan talablar qanday?
Yakka tartibdagi uy-joyni qurish (rekonstruksiya qilish) ishlari qiymatining 85 foizigacha hamda:
Ipoteka krediti rasmiylashtirish jarayonida moliyalashtirish qay yo‘sinda amalga oshiriladi va bunda kredit rasmiylashtiruvchi shaxsga naqd pul ko‘rinishida ajratiladimi?
Moliyalashtirish 3 bosqichda amalga oshiriladi, yaʼni 1-bosqich-30 foiz, 2-bosqich – 70 foiz, 3-bosqich - 100 foiz. Kredit qurilish tashkilotlariga pul o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Ipoteka kreditini rasmiylashtirish uchun jismoniy shaxs bankka qanday hujjatlarni taqdim etishi lozim?
1) kredit buyurtmanomasi;
2) qarz oluvchi/birgalikda qarz oluvchi pasportining (harbiy guvohnoma) nusxasi;
3) qarz oluvchi/birgalikda qarz oluvchining moliyaviy ahvolini tasdiqlovchi hujjatlar;
4) yakka tartibdagi uy-joy qurish (rekonstruksiya qilish) ishlari qiymatining 15 foizidan kam bo‘lmagan miqdorda boshlang‘ich badal mablag‘larini shakllantirilganligini tasdiqlovchi xujjat;
5) pudrat tashkiloti bilan tuzilgan shartnoma (Pudrat tashkiloti jalb qilgan holda qurilish, rekonstruksiya ishlari amalga oshirilganda)
6) yakka tartibdagi uy-joy qurish (rekonstruksiya qilish) uchun yer uchastkasiga umrbod egalik qilish huquqini tasdiqlovchi xujjat;
7) loyiha-smeta hujjatlari;
Kredit rasmiylashtirishda imtiyozlar mavjudmi?
Albatta, kredit rasmiylashtiruvchi shaxsga ipoteka krediti ajratish vaqtida 6 oylik imtiyozli davr (mijoz talabiga ko‘ra) belgilanadi. Qarz oluvchining xohishiga ko‘ra ipoteka krediti bo‘yicha to‘lovlarni annuitet yoki differensial usulda amalga oshirish huquqi beriladi.
Yakka tartibda uy-joy qurish va rekonstruksiya qilish qay tartibda amalga oshiriladi: