O’zbekiston Ipotekani Qayta Moliyalashtirish Kompaniyasi hamkor tijorat banklari uchun yangilangan talablarni ma’lum qildi.
Ipoteka kreditlari shartlari quyidagicha belgilandi:
Kredit quyidagi maqsadlar uchun ajratiladi:
Tarkibiy o‘zgartirishlar (rekonstruktsiya) bunga kirmaydi.
Ipoteka krediti xisobiga sotib olingan turar-joy qarz oluvchining asosiy yashash joyi bo'lishi shart.
Kreditlashga muvofiq turar-joy turi: Yakka tartibda qurilgan uy-joylar (hovli), yoki ko‘p qavatli uydagi xonadonlar.
Yashashga tayyor bo‘lmagan uylar talabga nomuvofiq hisoblanadi.
Ipoteka krediti limiti:
Ipoteka kreditining muddati:
Foiz stavkasi:
Oldindan toʼlov:
Kredit qaytarish jadvali: har oylik to‘lov, annuitet shaklida, imtiyozli davrsiz.
Ipoteka kreditining garovi: Sotib olinadigan yoki qayta taʼmirlanadigan uy.
Turar joyning geografik joylashuvi: mamlakat bo‘ylab.
Qarz oluvchilarga talablar:
Qarz oluvchilar: Muntazam (doimiy) daromad manbalariga ega bo‘lgan shaxslar.
Qarz oluvchining (daromadi yetmagan taqdirda birgalikda qarz oluvchi daromadi bilan jamlangan) maksimal oylik sof daromadi: 15 million so‘m.
Qarz oluvchining oylik sof daromadi yetmagan taqdirda, qo‘shimcha qarzdor qilib faqat birgalikda yashovchi shaxslar jalb qilinishi mumkin.
Umumiy qarz yuki: 50% (Qarzdor va birgalikda qarz oluvchining jami joriy kredit to‘lovlarini hisobga olgan holda).
Qarz oluvchi yoshi: 18 yoshga to`lgan va undan yuqori.
Kredit tarixi: Qayta moliyalashtirilayotgan ipoteka kreditlarida kredit ajratilgan davrdan qayta moliyalashtirilgungacha bo‘lgan davrda muddati o‘tgan (30 kundan ko‘p) qarzdorlik bo‘lmasligi kerak.
Shuningdek, O’zbekiston Ipotekani Qayta Moliyalashtirish Kompaniyasining Gender talabi mavjud. Unga ko’ra, qayta moliyalashtirilayotgan ipoteka kreditlarining kamida 35% ayol qarz oluvchilarga taqdim etilishi zarur (oldin 30%ni tashkil etar edi).
Ushbu kreditlar quyidagi tijorat banklari tomonidan ajratiladi: Agrobank, Asakabank, Infin bank, Ipoteka-bank, Kapitalbank, Orientfinansbank, Turonbank, Hamkorbank, Xalq banki, O‘zmilliybank, O‘zsanoatqurilishbank va Qishloqqurilishbanklarning joylardagi barcha filiallari.
Eslatib o’tamiz, O’zbekiston Ipotekani Qayta Moliyalashtirish Kompaniyasi resurslari hisobidan ajratiladigan past foizli ipoteka kreditlari ajratilishi vaqtincha to’xtatilgan edi. Yaqin kunlarda bunday kreditlar ajratilishi qayta yo’lga qo’yilishi kutilmoqda.