23-August, 11:53 |  1,734

Franchayzing nima?

Franchayzing yoki franchayz – bu tovar belgisini va texnologiyalarni boshqa shaxs (tadbirkorga)ga sotish yoki vaqtinchalik foydalanishga berishdir.

Franchayzing nima?

Franchayzing yoki franchayz – bu tovar belgisini va texnologiyalarni boshqa shaxs (tadbirkorga)ga sotish yoki vaqtinchalik foydalanishga berishdir. Franchayz doirasidagi munosabatalarda ikki shaxs ishtirok etib, tovar belgisidan foydalanish huquqini sotuvchi shaxs franchayzer hamda tovar belgisidan foydalanish huquqini sotib oluvchi shaxs esa franchayzi deb nomlanadi. 

Franchayzing amalda faoliyat yuritayotgan xo‘jalik subyektining ishchanlik qobiliyati (imiji) va sinalgan barcha texnologiyalarini sotib olish yoki foydalanish huquqini anglatadi. Ushbu jarayonlar pul mablag‘lari to‘lovlari evaziga barcha texnologiyalar bilan birga tajriba va bilimlarni berish bilan amalga oshiriladi.
Demak, franchayzer bir tomondan o‘z hamkorlariga faoliyat sohasining iste’mol segmentini tanlash, savdo tarmog‘ini tashkil etish, samarali reklama qilish, malakali kadrlarni tayyorlashda yordam bersa, ikkinchi tomondan esa boshqaruv va savdo muomalalarini tashkil etish bo‘yicha maslahat beradi.

O‘zbekistonda franchayzingni amalga oshirishning normativ-huquqiy bazasi yaratilgan. Jumladan, bu Fuqarolik kodeksida kompleks tadbirkorlik litsenziyasi shartnomasi (franshizing) nomi bilan ataladi. Kompleks tadbirkorlik litsenziyasi shartnomasi bo‘yicha bir taraf ikkinchi tarafga haq evaziga lizenziyalarning firma nomidan, hamda muhofaza qilinadigan tijorat axborotidan, shuningdek shartnomada nazarda tutilgan mutlaq huquqlarga kiruvchi boshqa obyektlardan litsenziatning tadbirkorlik faoliyatida foydalanish huquqini o‘z ichiga oladigan mutlaq huquqlar kompleksini berish majburiyatini oladi.

 Teglar

Tadbirkorlik Biznes

O'xshash yangiliklar

depozit.uz logo
Eng yaxshi takliflar va yangiliklarni bizning telegram kanalda kuzatib boring.
Obuna bo'lish