Top.Mail.Ru

Endilikda bolalar nafaqasi 18 yoshgacha beriladi!

2021-yil 1 -sentyabrdan boshlab 14 yoshgacha bolalari bo‘lgan oilalarga nafaqa hamda bola 2 yoshga to‘lguniga qadar uni parvarish qilish nafaqasi o‘rniga kam ta’minlangan oilalarga bolalar nafaqasi joriy etildi.

Endilikda bolalar nafaqasi 18 yoshgacha beriladi!

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 11.08.2021 yildagi “Kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam ko‘rsatish hamda kambag‘allik bilan kurashish ko‘lamini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan 2021-yil 1 -sentyabrdan boshlab 14 yoshgacha bolalari bo‘lgan oilalarga nafaqa hamda bola 2 yoshga to‘lguniga qadar uni parvarish qilish nafaqasi o‘rniga kam ta’minlangan oilalarga bolalar nafaqasi joriy etildi.

Shuningdek, 2021 yil 1 sentyabrdan boshlab:

-bolalar nafaqasini tayinlashda inobatga olinadigan bolalar yoshi 14 yoshdan 18 yoshgacha;
-to‘lov muddati 6 oydan 12 oygacha oshirildi.

2021-yil 1-sentyabrdan boshlab bolalar nafaqasi va kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam to‘lovlarining quyidagi miqdorlari belgilangan:

Bolalar nafaqasining har oylik miqdori:

-250 000 so‘m — 3 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan bitta farzandi uchun, 
-325 000 so‘m — yoshi 3 yoshgacha bo‘lgan bitta kichik farzandi uchun;
-150 000 so‘m — oilaning ikkinchi farzandi uchun qo‘shimcha;
-100 000 so‘mdan — oilaning uchinchi va undan keyingi har bir farzandi uchun;

Kam ta’minlangan oilalar uchun moddiy yordamning oylik miqdori — 380 000 so‘m.
 

10:57 • 29 September, 2021

Depozit.uz Yangiliklari

home icon Bosh sahifa menu icon Menyu profile icon Profil
depozit.uz logo
Eng yaxshi takliflar va yangiliklarni bizning telegram kanalda kuzatib boring.
Obuna bo'lish