Top.Mail.Ru
30-September, 11:25 |  833

Elektromobillarga talab ortmoqda

Elektromobil importi qariyb 7 baravarga oshdi, deya xabar berdi Davlat statistika qo‘mitasi.

Elektromobillarga talab ortmoqda

Elektromobil importi qariyb 7 baravarga oshdi, deya xabar berdi Davlat statistika qo‘mitasi.

2021- yilning yanvar-avgust oylarida O‘zbekistonga 9 ta xorijiy davlatdan 501 ta elektromobil import qilingan. 

Ulardan:
Xitoy – 443 ta, 
Turkiya – 24 ta, 
Litva – 13 ta,  
Germaniya – 7 ta, 
AQSh – 6 ta,
Koreya – 5 ta, 
Ispaniya – 1 ta, 
Rossiya – 1 ta,
Gongkong – 1 ta

Import qilingan elektromobillar qiymati 9,2 million AQSh dollariga teng va ularning miqdori o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 428 taga yoki 7 baravarga o‘sgan.

Shuningdek, Davlat statistika qo‘mitasi ma‘lumotlariga ko‘ra, 2021- yilning avgust oyining o'zida O‘zbekiston xorijdan 69 ta elektromobil import qilgan.

Eslatib o‘tamiz, Soliq kodeksiga kiritilgan tegishli o‘zgartirishlarga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi hududiga elektromobillarni sotib olgan yoki vaqtincha olib kirgan shaxslar avtotransport to‘lovlarini to‘lashdan ozod qilingan.

 

 Teglar

Boshqalar

O'xshash yangiliklar

depozit.uz logo
Eng yaxshi takliflar va yangiliklarni bizning telegram kanalda kuzatib boring.
Obuna bo'lish