Top.Mail.Ru

“E-auksion” elektron savdo platformasida nimalar o‘zgardi?

“E-auksion” elektron savdo platformasida nimalar o‘zgardi?

“E-auksion” elektron savdo platformasida nimalar o‘zgardi?

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi xabariga ko‘ra, 2021 yilning 1 sentyabridan “E-auksion” elektron savdo platformasidagi elektron onlayn-auksionlarni o‘tkazish tartibida quyidagi o‘zgarishlar amalga tatbiq etildi:

– ishtirokchilarga, shu jumladan chet el fuqarolariga auksionda qatnashish uchun elektron raqamli imzo kaliti sertifikati masofadan turib, Davlat aktivlarini boshqarish agentligining “Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi” davlat unitar korxonasi tomonidan bepul taqdim qilinadi;

– jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan obyektlarni auksionga chiqarish uchun to‘lanadigan yig‘im bekor qilinadi;

– auksion o‘tkazish to‘g‘risidagi xabar u o‘tkaziladigan kundan 30 kun oldin eʼlon qilinadi;

– auksion o‘tkazilishi to‘g‘risidagi xabar eʼlon qilingan paytdan boshlab auksion jarayoni yakuniga qadar ishtirokchilarga obyektni sotib olish bo‘yicha auksion qadamiga bog‘lanmagan o‘z narx taklifini kiritish huquqi beriladi;

– sotilgan obyektning qiymati bazaviy hisoblash miqdorining besh ming baravarigacha bo‘lganda, to‘lovlarni 10 ish kuni, besh ming baravariga teng yoki undan ortiq bo‘lganda to‘lovlarni 15 ish kuni mobaynida to‘lash imkoniyati yaratiladi. Qonunchilik hujjatlarida belgilangan hollar bundan mustasno ekani qarorda qayd etilgan.

– auksion g‘olibi to‘lovlarni to‘lashdan bosh tortgan taqdirda, g‘olib hamda uning to‘g‘ridan-to‘g‘ri taʼsischilari hisoblangan shaxslar nohalol ishtirokchi sifatida elektron savdo platformasidagi auksionlardan chetlatiladi. Bunda, to‘lovlarni to‘lamaslik holati birinchi marta sodir etilganda bir yil muddatga, ikkinchi marta takrorlansa muddatsiz davrga auksionlardan chetlatiladi;

– auksionga chiqarilgan obektlarni sotishga va oldi-sotdi shartnomasini rasmiylashtirishga faqat auksionda kamida ikkita ishtirokchi qatnashganda ruxsat beriladi.

10:41 • 08 September, 2021

Depozit.uz Yangiliklari

home icon Bosh sahifa menu icon Menyu profile icon Profil
depozit.uz logo
Eng yaxshi takliflar va yangiliklarni bizning telegram kanalda kuzatib boring.
Obuna bo'lish