Top.Mail.Ru

Birlamchi bozor uchun barcha ipoteka kreditlari: 2022-yil avgust oyi holatiga

2022 yil avgust oyi holatiga 33 ta bankdan 20 tasida birlamchi bozor uchun ipoteka kreditini rasmiylashtirish mumkin.

Birlamchi bozor uchun barcha ipoteka kreditlari: 2022-yil avgust oyi holatiga

Davlat dasturi bo‘yicha ipoteka kreditlari 33 ta bankdan 12 tasi tomonidan beriladi. Bunday kreditning maksimal miqdori Toshkent shahri uchun 416,5 million so‘m, boshqa hududlar uchun 327,25 million so‘mni tashkil etadi. Boshlang‘ich to‘lov uy-joy narxining 15 foizi miqdorida, foiz stavkasi sotib olingan uy-joyning joylashgan joyiga qarab 17-18 foiz miqdorida belgilangan. Ipoteka kreditlari 6 oylik imtiyozli davr bilan 20 yil muddatga beriladi. Kredit mijozning xohishiga ko’ra ham differensial, ham annuitet to'lovi usulida qaytarilishi mumkin.

Shuningdek, davlat dasturi bo’yicha ajratiladigan ipoteka kreditlari bo’yicha boshlang’ich badalni qoplash uchun 32 mln. so’m miqdorida subsidiya ajratilishi ko’zda tutilgan. 

Quyidagi banklarda davlat dasturi asosida ipoteka kreditini rasmiylashtirish mumkin.

Bank nomiFoiz stavkasi
Toshkent shahriBoshqa shaharlarQishloq joylar
Agrobank18%18%17%
Asakabank17%17%17%
Aloqabank18%18%17%
Hamkorbank17%17%17%
Ipoteka-bank18%17%17%
Mikrokreditbank17%17%17%
Orient Finans bank17%17%17%
O‘zmilliybank18%18%18%
O‘zsanoatqurilishbank17%17%17%
Turonbank18%18%17%
Qishloqqurilishbank17%17%17%
Xalq banki17%17%17%

Davlat dasturidan tashqari birlamchi bozor uchun tijorat shartlari asosida quyidagi banklar ipoteka krediti ajratadi.

Bank nomiFoiz stavkasiBoshlang’ich to’lovKredit muddatiMaksimal summa
Agrobank28%25%10 yil900 mln. so’m
Davr bank27%30%10 yilShartnomaga asosan
35%
28%15%
25.99%
Infin bank24.99%26%10 yil1.95 mlrd. so’m
51%15 yil
Ipak Yo’li bank26%25%5 yil200 mln. so’m
Kapital bank24%25%10 yil2 mlrd. so’m
26%50%
Orient Finans bank23%35%20 yil800 mln. so’m
25%25%
O’zmilliybank21%40%10 yilShartnomaga asosan
23%30%
24%25%
O‘zsanoatqurilishbank24%25%7 yil1 mlrd. so’m
25%10 yil
Poytaxt bank24%25%3 yilShartnomaga asosan
27%10 yil
Saderat bank25%30%7 yil1.05 mlrd. so’m
Turonbank26%25%10 yil900 mln. so’m
Xalq banki25%25%15 yil1.05 mlrd. so’m
Ziraat bank23.5%25%5 yil900 mln. so’m
24%7 yil
25%10 yil

Barcha ipoteka kreditlarining batafsil shartlari bilan Ipoteka kreditlari sahifasida tanishishingiz mumkin.

20:31 • 22 August, 2022

Depozit.uz Yangiliklari

home icon Bosh sahifa menu icon Menyu profile icon Profil
depozit.uz logo
Eng yaxshi takliflar va yangiliklarni bizning telegram kanalda kuzatib boring.
Obuna bo'lish