Yurtimiz mustaqilligining 30 yillik bayrami munosabati bilan bank tizimida ham 5 kunlik dam olish kuni eʼlon qilindi.
Yurtimiz mustaqilligining 30 yillik bayrami munosabati bilan bank tizimida ham 5 kunlik dam olish kuni eʼlon qilindi. Biroq, bayram kunlari siz o‘z yaqinlaringizga pul o‘tkazmalarini jo‘natishingiz yoki qabul qilishingiz, shuningdek, valyuta ayirboshlashga zarurat tug‘ilishi mumkin. Bu holda, Siz tijorat banklarining quyidagi bank xizmatlari markazlariga murojaat qilishingiz mumkin.
2021-yilning 2, 3 va 4-sentyabr kunlari Asia Alliance bankning (“Oltintepa” BXM – Toshkent sh, Oltintepa ko‘chasi, 39-uy/ tel. (71) 269-58-72; “Taraqqiyot” BXM - Toshkent sh, Islom Karimov ko‘chasi, 17-uy/ tel. (71) 256-25-51) bank xizmatlari markazlarida Золотоя корона, Western Union, Money Gram, Contact, Unistream va Asia Express xalqaro tizimlari orqali xalqaro pul o‘tkazmalarini amalga oshirish va valyuta ayirboshlash mumkin.
"Asakabank" ning ayirboshlash shoxobchalari 3 va 4 sentyabr kunlari bankning "Avtotransportnyy" filialida ishlaydi.
3 sentyabrda Orient Finans bank mini-banklari ishlaydi.
Shuningdek, 2-3-sentyabr kunlari Trastbankning barcha bank filiallari qoshidagi valyuta ayirboshlash shahobchalari soat 09.00 dan 16.00 ga qadar o‘z ish faoliyatini olib boradi.