Ko‘p insonlar mashinaga ega bo‘lishni xohlashadi, lekin ozmi-ko‘pmi munosib modelni sotib olish uchun mablag‘ qayerdan olinadi?
Ko‘p insonlar mashinaga ega bo‘lishni xohlashadi, lekin ozmi-ko‘pmi munosib modelni sotib olish uchun mablag‘ qayerdan olinadi? Bunday vaziyatda avtokredit yordamga keladi. Garchi ko'pchilik uni ortiqcha to'lov tufayli yoqtirmasa ham, haqiqatan ham jiddiy mashina sotib olayotganda bank ёки диллерлик марказлари yordamisiz buni amalga oshirish mumkin emas. Avtomobilni kreditga qanday sotib olish mumkin?
Birinchidan, moliyaviy imkoniyatlaringizni tahlil qiling - oila uchun qimmat bo‘lmasligi uchun bir necha yillar davomida har oy to‘lash qanchalik real? Bu savolga javob bergandan so‘ng, siz mashina rusumini tanlashga o‘tishingiz mumkin.Masalan, «Driver‘s Village» MCHJ tomonidan tavsiya etilayotgan Spark, Cobalt, Malibu, Nexia 3, Lacetti, Labo, Damas, TRACKER, TRAILBLAZER, EQUINOX avtomobillarini xarid qilishingiz mumkin.
Undan tashqari, yurtimiz mustaqilligining 30 yilligi arafasida «Driver‘s Village» avtomarkazi jismoniy va yuridik shasxlarga Volkswagen Caddy avtomobillarini sotib olish uchun 24 oylik bo‘lgan muddatlarga bo‘lib-bo‘lib to‘lash shartidagi AKSIYA o‘tkazayotganini maʼlum qilgan. Shuningdek, mazkur avtomobillarni lizing va kredit asosida ham sotib olish mumkin. Kredit shartlari:
Demak, avtomobil tanladingiz, rasmiy dillerlik aniq bo‘ldi-yu, biroq sizga shartlari to‘g‘ri kelmadi. U holda, sizning boshqa harakatingiz, barcha avtosalonlarga tashrif buyurib, tijorat banklari tomonidan taklif etilayotgan avtokreditlar bo‘yicha eng maqbul takliflarni o‘rganing. Hujjatlar to‘plamini rasmiylashtirib, avtosalon shartnomasini ilova qilgan holda tijorat bankiga hujjatlaringizni topshiring.
Tijorat banklari 3 kun mobaynida Sizning kredit qobiliyatingizni aniqlab, avtokredit ajratish yoki ajratmaslik haqidagi qarorini maʼlum qiladi. Tasdiqni olgandan so‘ng, avtosalonga borib, savdo shartnomasini tuzasiz va boshlang‘ich to‘lovni amalga oshirganingizdan so‘ng, bank qolgan summani avtosalonga o‘tkazib beradi. Xullas, bank bilan kredit shartnomasini, avtomobil garovi shartnomasini tuzish va xarid amalga oshirish qoladi. Qarabsizki, Siz o‘z orzuingizdagi avtomobilga ega bo‘ldingiz.
Avtokrediti - bu yangi mashinadan foydalanishning haqiqiy imkoniyati.