30 Jul 2021 |  2,498

Avtokredit – bugunning eng maqbul taklifi!

Aslida, avtokreditlar bilan yaqindan bog‘liq bo‘lgan barcha tijorat banklari avtosalonlar bilan shartnoma imzolaydilar va ular bilan kredit dasturlarini ishlab chiqib, aholiga bank orqali kredit ajratishni yo‘lga qo‘yadilar.

Avtokredit – bugunning eng maqbul taklifi!

Aslida, avtokreditlar bilan yaqindan bog‘liq bo‘lgan barcha tijorat banklari avtosalonlar bilan shartnoma imzolaydilar va ular bilan kredit dasturlarini ishlab chiqib, aholiga bank orqali kredit ajratishni yo‘lga qo‘yadilar. Ko‘pgina tijorat banklari nafaqat yangi transport vositalarini sotib olish uchun, balki ikkilamchi bozordan avtoulovlar sotib olish, mototsikl va boshqa turdagi transport vositalarini sotib olish uchun ham kreditlar taklif qilmoqda.

Keling hozir bozordagi eng maqbul avtokreditlarni taqdim etayotgan banklar misolida ko‘rib chiqamiz.

"Orient Finance" banki tomonidan 48 oygacha bo‘lgan muddatga, boshlang‘ich to‘lov avtomobil narxidan 50 foiz bo‘lganda - 22 foiz stavkada avtokredit  ajratmoqda. Agar boshlang‘ich to‘lov 30 foizni tashkil etsa, oylik to‘lov 24 foizni tashkil qiladi. Bank tomonidan ajratilayotgan avtokredit O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan Kia, Skoda, Chevrolet va Volkswagen modellari uchun amal qiladi. Eng maqbul tomoni ariza bank sayti orqali onlayn tarzda ham qabul qilinar ekan. Avtokreditning maksimal miqdori 450 mln. so‘mni tashkil qiladi.

Taqdim etiladigan hujjatlar:

- Pasport

- Daromadlar haqida ma‘lumotnoma

- Avtosalondan shartnoma

Ipotekabank ham 48 oygacha bo‘lgan muddatga oylik to‘lov 22 foiz stavkada avtokredit taqdim etmoqda, biroq bank shartlariga ko‘ra mijoz Ipotekabankning ish haqi loyihasi ishtirokchisi bo‘lgan Oliy va o‘rta taʼlimi, Xalq taʼlimi, Maktabgacha taʼlim va Sog‘liqni saqlash vazirliklari tizimidagi muassasalar xodimlari bo‘lishi lozim. Agar Siz bank mijozi bo‘lsangiz, bank tomonidan taqdim etilayotgan “Fidokor” avtokreditidan foydalanishingiz mumkin. Bu avtokredit boshlang‘ich badali kamida 30 foizni tashkil etadi.

Taqdim etiladigan hujjatlar:

-   pasport /ID karta

-  avtosalondan shartnoma

-  taʼminot hujjatlari

Shuningdek, doimiy daromadga ega jismoniy shaxslar uchun esa Ipotekabank tomonidan O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan yengil avtomobillar sotib olish yoki ikkilamchi bozordan yengil avtomobil sotib olish uchun 23 foizdan 48 oy muddatga avtokredit ajratilmoqda, boshlang‘ich badal - 30 foiz.

Taqdim etiladigan hujjatlar:

-  pasport /ID karta

-  avtosalondan shartnoma

-  taʼminot hujjatlari

-  mustaqil baholovchi hisoboti (ikkilamchi bozordan avtomobil sotib olish uchun).

Eron “Saderat” banki 3 yil muddatga boshlang‘ich badal 30 foiz bo‘lganda, 23 foizdan avtokredit ajratmoqda. Kreditning alohida shartlari – avtomobil fuqaroning nomiga chiqadi va qo‘shimcha xarajat faqat 1 yilga 1% avtomobil qiymatidan sug‘urta to‘lovi mavjud. 3 yilga 3%. Arizalar onlayn qabul qilinadi va agar jo‘natilgan hujjatlar standardlarga javob bermasa - ariza qaytariladi.

Tengebank tomonidan ajratilayotgan avtokredit - 4 yil muddatga bo‘lib, maksimal summa miqdori - 400 mln. so‘m, yillik 23 foiz stavkada boshlang‘ich badal 30 foizdan ajratiladi. Mazkur avtokreditda imtiyozli davr mavjud emas. Avtokredit rasmiylashtirishda xarid qilinadigan avtomobil garov sifatida qabul qilinadi va garov sug‘urtasi polisi tuziladi. Bank tomonidan ajratilayotgan avtokredit O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan yangi yengil avtomobillar hamda Bankning rasmiy Hamkor-dilerlaridan xarid qilingan avtotransport sotib olish maqsadida ajratiladi.

Agar siz avtomobilning kamida 50 foizini to‘lash imkoniyatingiz bo‘lsa, u holda Tengebank 4 yilgacha imtiyozli davrsiz, yillik 22,5 foizdan avtokredit ajratadi.

Tijorat banklari tomonidan ajratilayotgan avtokreditlar bo‘yicha batafsil maʼlumotlarni depozit.uz saytining “Avtokreditlar” sahifasida topishingiz mumkin.

 Teglar

Kreditlar

O'xshash yangiliklar

depozit.uz logo
Eng yaxshi takliflar va yangiliklarni bizning telegram kanalda kuzatib boring.
Obuna bo'lish