Top.Mail.Ru

Annuitet yoki oddiy (differensial yoki tabaqalashtirilgan) to'lovlar: qarz oluvchi uchun qaysi foydaliroq va kreditni muddatidan oldin qaytarish mumkinmi?

Har qanday kredit mahsulotining tavsifida kredit har oyda annuitet yoki tabaqalashtirilgan to'lovlar bilan qaytarilishi ko'rsatiladi. Banklar qaytarish usulini aniq belgilab qo’yadi, yoki mijozga tanlov qilishni taklif qiladi.

Annuitet yoki oddiy (differensial yoki tabaqalashtirilgan) to'lovlar: qarz oluvchi uchun qaysi foydaliroq va kreditni muddatidan oldin qaytarish mumkinmi?

Har qanday kredit mahsulotining tavsifida kredit har oyda annuitet yoki tabaqalashtirilgan to'lovlar bilan qaytarilishi ko'rsatiladi. Banklar qaytarish usulini aniq belgilab qo’yadi, yoki mijozga tanlov qilishni taklif qiladi.

Annuitet to'lovi kredit shartnomasining butun muddati davomida o'zgarishsiz qoladi. Bu shuni anglatadiki, siz har oyda asosiy qarz va kredit uchun hisoblangan foizlardan iborat bo’lgan bir xil miqdordagi pulni to’lab borasiz va bunda asosiy qarz va foiz summasi har oyda o’zgarsa ham, umumiy to’lov miqdori o’zgarishsiz qolaveradi.

Differensial to'lovlar holatida asosiy qarz teng qismlarda to'lab borilishi va foizlar asosiy qarz qoldig’iga nisbatan hisoblanishi sababli har oylik to’lov miqdori kamayib boradi.

Annuitet to'lovlarining afzalligi shundaki, ular o'zgarmasdir. Qarz oluvchi har oy belgilangan vaqtda to'lashi kerak bo'lgan miqdorni biladi. Boshqa raqamlarni xotirada saqlash kerak emas. Differensial to'lov holatida qarz oluvchi keyingi safar qancha pul to'lashi kerakligini doimiy ravishda aniqlab turishi kerak.

Shuningdek, differensial to'lovlar bilan siz kredit shartnomasining birinchi oylarida to'laydigan miqdor annuitet sxemasidan ko'ra ko'proq bo'ladi. Shu sababli, bunda kredit olish uchun sizning to'lov qobiliyatingiz qarzni teng qismlarga to'laydigan qarz oluvchiga qaraganda bir oz yuqori bo'lishi kerak. Ammo natijada bunday qarz oluvchi ikkinchisidan kamroq pul to'laydi.

Deyarli har qanday kreditni muddatidan oldin to'lashga ruxsat beriladi. Annuitet kreditlari ushbu qoidadan istisno emas. Differensial to'lov holatida hisob-kitob nisbatan tushunarli, ya'ni asosiy qarz muddatidan oldin qaytarib berilsa, asosiy qarz kamayganligi sababli foizlar bo'yicha to'lovlar miqdori ham kamayadi.

Muddatidan oldin to'lash uchun annuitet to'lovini hisoblash differensial to’lovdan bir oz farq qiladi. Kreditni muddatidan oldin yopish maqsadida mablag 'qoldig'ini aniqlash uchun siz qarzning asosiy miqdoridan qilingan barcha to'lovlarni olib tashlashingiz kerak bo'ladi. Ammo annuitet to’lov boyicha hisob-kitoblarni banklar veb-saytidagi kredit kalkulyatoridan foydalanish orqali yoki bevosita bank bilan bog'lanib amalga oshirgan yaxshiroqdir.

Muddatidan oldin to'lash, ayniqsa, annuitet to’lovda bank uchun hech qanday foyda bermaydi, ammo banklar mijozlarni jalb qilishdan manfaatdor bo'lganligi sababli, kreditning miqdori va xususiyatlaridan qat'i nazar, muddatidan oldin to'lashga cheklov o’rnatmaydi. Bank mijozining xohishiga ko’ra iste'mol va avtokreditlar, shuningdek ipoteka kreditlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda muddatidan oldin qaytarilishi shart.

09:02 • 26 March, 2021

Depozit.uz Yangiliklari

home icon Bosh sahifa menu icon Menyu profile icon Profil
depozit.uz logo
Eng yaxshi takliflar va yangiliklarni bizning telegram kanalda kuzatib boring.
Obuna bo'lish