Bugungi kunda fuqarolar ko‘plab aldovlarning qurboniga aylanmoqda.
Bugungi kunda fuqarolar ko‘plab aldovlarning qurboniga aylanmoqda. Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi rasmiylarining maʼlum qilishicha Facebook ijtimoiy tarmog‘ida barchaga o‘zini Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi xodimi sifatida tanishtirgan Murod Mo‘minov profili ostida aldov yo‘li bilan noqonuniy daromad qilayotgan shaxs qo‘lga olindi.
Dastlab bunday firibgarlikdan jabrlangan fuqaro “N.S” tomonidan Agentlik direktori nomiga ariza bilan murojaat qilinib, unga nisbatan qonuniy jazo ko‘rilishi so‘ralgan.
Holat o‘rganilganda, fuqaro M.Mo‘minov o‘zini Agentlik xodimi sifatida tanishtirib, ariza muallifiga avtomashina va uy olib berishni vaʼda qilib, undan 11.000 AQSH dollari miqdoridagi pul mablag‘larini aldov yo‘li bilan olganligi maʼlum bo‘ldi. Yuqoridagi holat yuzasidan Yakkasaroy tumani IIO FMB tomonidan M.Mo‘minovga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Depozit.uz sayti sizlarni doimo ogohlikka chaqiradi va ishonchli manbaalar bo‘yicha maʼlumotlarni taqdim etib boradi.