Top.Mail.Ru

Virtual karta nima va u nima uchun kerak?

Virtual bank kartasi, aslida, oddiy kartalardan deyarli farq qilmaydi. Bunday kartalarning plastik ko’rinishi bo’lmaydi va ular onlayn to'lovlar uchun mo'ljallangan. Kartaning barcha boshqa funktsiyalari saqlanib qoladi: to'lovlar va pul o'tkazmalarini amalga oshirish, boshqa shaxslardan karta hisobiga pul qabul qilish va hokazo.

Virtual karta nima va u nima uchun kerak?

Virtual kartalarning xususiyatlari

Odatda virtual karta asosiy kartaga qo'shimcha ravishda chiqariladi, ammo alohida faqat virtual kartalarni taqdim etadigan banklar ham mavjud. Ko'p hollarda onlayn kredit olish uchun virtual karta ochish talab etiladi.

Har bir virtual kartada asosiy parametrlar mavjud: karta raqami, amal qilish muddati, foydalanuvchi ismi, uch xonali CVV2 yoki CVC2 kodi.

O‘zbekistonda virtual kartalar HUMO to‘lov tizimi tomonidan so‘mda, Visa yoki MasterCard xalqaro to‘lov tizimlari tomonidan dollarda ham chiqariladi. Virtual kartalar banklarning mobil ilovasida chiqariladi, bundan tashqari, bugungi kunda PAYME va CLICK to‘lov tizimlari ayrim banklar bilan hamkorlikda ushbu ilovalarda virtual kartalarni ochish imkoniyatini taqdim etmoqda.

Bunday kartalar hisobidagi pul miqdori odatda cheklangan bo’ladi. Shu sababli, kartadan onlayn to'lovlar va xaridlar uchun xavfsiz foydalanish mumkin: siz asosiy kartadan ma'lum miqdorni virtual kartaga o'tkazasiz va tovar yoki xizmat uchun to'laysiz. Shunday qilib, siz asosiy bank kartasining rekvizitlarini hech qayerda qoldirmaysiz.

Virtual kartaning afzalliklari:

  • Xavfsizlik raqamli kartalarning asosiy afzalligi hisoblanadi. Onlayn to'lovlarni amalga oshirishda bank ma'lumotlarini ishonchsiz joyda "qoldirish" xavfini minimallashtirasiz. Misol uchun, siz kartada onlayn xarid qilish uchun yetarli bo'lgan yoki undan ham kamroq miqdor uchun limit o'rnatdingiz. Shunday qilib, siz rejalashtirganingizdan ko'proq pul sarflamaysiz. Agar firibgarlar virtual kartadan pul yechib olishga harakat qilsalar, ular baribir asosiy karta hisobiga kira olmaydilar. Agar pul virtual kartadan o’g’irlansa ham, faqat kichik miqdorlarda bo’lishi mumkin.

Onlayn to'lovlarni yanada xavfsizroq amalga oshirish uchun turli xil xaridlar uchun bir nechta virtual kartalarni chiqarish mumkin. Bundan tashqari, virtual karta bilan notanish odamlardan pul o'tkazmalarini qabul qilish ham ancha ishonchli.

  • Universallik – har qanday bank kartasi kabi virtual karta ham xalqaro to‘lov tizimlari orqali butun dunyo bo‘ylab Internetda tovar va xizmatlar uchun to‘lovlarni amalga oshirishga yordam beradi. Bu onlayn hamyonlar orqali xarid qilishdan ko'ra ancha qulayroq, chunki ular orqali to'lovlar hamma joyda ham o'tmaydi.
  • Qulay va tez chiqarish – virtual kartaga bankingizning mobil ilovasida buyurtma berishingiz va uni bir necha daqiqada olishingiz mumkin. Bu nafaqat vaqtni tejash, balki istalgan vaqtda raqamli kartani chiqarishga yordam beradi. Asosiysi, internet va mobil ilovaga kirish imkoniga ega bo'lish kerak.
  • Deyarli barcha virtual kartalar bepul chiqariladi va ularga bepul xizmat ko'rsatiladi.
  • Eng katta afzalligi shundaki, mijoz uni yo'qota olmaydi, o'g'ri ega uni o'g'irlay olmaydi. PIN kodni o’ylab topish va eslab qolishning hojati yo'q. Virtual kartaning ochilishi ekologik nuqtai nazaridan ham dolzarbdir, chunki uni ishlab chiqarish uchun plastmassa kerak emas.

Virtual kartalarning kamchiliklari

Bunday kartalarning kamchiligi deyarli yo’q. Faqatgina toʻlov va oʻtkazma limitlarining mavjudligidir, ammo xavfsizlik birinchi oʻrinda boʻlganda, bunday cheklovlar ahamiyatga ega bo’lmaydi.

Bundan tashqari, kimdir cheklangan amal qilish muddatini kamchilik sifatida ko’rsatishi mumkin. Ammo virtual karta bir necha daqiqada chiqariladi, shuning uchun belgilangan muddatdan keyin tezda yangisini chiqarishingiz mumkin.

Oxirgi kamchilik biroz muhimroq - bu bankomatlardan naqd pul olish va oddiy do'konlarda to'lashning iloji yo'qligi. Ammo savdo nuqtasi POS-terminal bilan jihozlangan bo'lsa, to'lash uchun unga virtual kartali smartfonni qo’yish kifoya bo’ladi.

Barcha virtual kartalar va ularning shartlari bilan Debet kartalar sahifasida tanishishingiz mumkin.

16:46 • 06 October, 2022
home icon Bosh sahifa menu icon Menyu profile icon Profil
depozit.uz logo
Eng yaxshi takliflar va yangiliklarni bizning telegram kanalda kuzatib boring.
Obuna bo'lish