Union Pay to'lov tizimi g'arbning Visa va MasterCard to'lov tizimlarining va Rossiyaning Mir to'lov kartalari tizimining Xitoy analogidir.
Ushbu maqolada biz quyidagilarni ko'rib chiqamiz:
Union Pay International kompaniyasi va uning imkoniyatlari.
Xitoy va hozirda esa xalqaro to'lov tizimiga aylangan UnionPay 2002 yilda tashkil etilgan. Hozirgi vaqtda ushbu to’lov tizimidagi kartalar dunyoning 180 ta davlatida to'lov uchun qabul qilinadi. Hozirda 197 ta davlat mavjudligini inobatga olsak, Xitoyning UnionPay International kompaniyasi oʻz xizmatlari bilan butun dunyo davlatlarining 91 foizini qamrab olgandir.
Ushbu kompaniyaning reklamalari shuni ko'rsatadiki, masalan, Italiyada UnionPay kartalari ushbu mamlakatdagi eng yirik banklarning 50% bankomatlari tomonidan qabul qilinadi, Gretsiyada esa mahalliy savdo nuqtalarining 95 foizida ular orqali xaridlar uchun to'lash mumkin.
Xitoy to’lov tizimi kartalari Visa va MasterCard o'rnini to'liq bosa oladimi?
Aslida UnionPay plastik karta egalarining bergan xulosalari shuni ko'rsatadiki, ba'zida chet elda ushbu kartalardan naqd pulni yechish yoki to’lovlarni amalga oshirishda qiyinchiliklar yuzaga keladi.
Ba'zi mamlakatlarda ushbu to’lov tizimidagi kartalarni faqat bir nechta banklar va chakana savdo tarmoqlari qabul qiladi. Tegishli stiker bilan do'kon yoki bankomatni topish uchun ko'p vaqt ketadi. Do'konning kassasida tegishli belgi bo'lsa ham, to'lov operatsiyasi o'tmasligi mumkin. Xuddi shu holatlar xorijiy onlayn-do'konlarda va onlayn-servislarda to'lovni amalga oshirishda ham paydo bo'lishi mumkin (tizim xato xabarini ko'rsatadi va to'lov amalga oshirilmaydi).
Karta qaysi holatlarda aniq ishlashi yoki ishlamasligini aniqlash uchun faqat uni ishlatib ko’rish kerak. Shu sababli, UnionPay kartalarini Visa va MasterCard kartalarining to'liq o'rnini bosuvchi karta deb atash hali ham qiyin.
UnionPay kartalarini qaysi banklar chiqaradi?
O‘zbekistonda Union Pay kartalari nisbatan yaqinda muomalaga chiqarilgan. Lekin ular allaqachon o'z mashhurligiga ega, chunki Xitoy O'zbekistonning asosiy savdo hamkorlaridan biri hisoblanadi. Ko'pgina banklar ushbu kartalarni Uzcard milliy to'lov tizimi bilan birgalikda kobeydj kartalar ko'rinishida chiqaradilar. Biz ular haqida oldingi maqolalarda yozgan edik. Bunday kartalar qulay, chunki ulardan mamlakat ichida ham, chet elda ham foydalanish mumkin.
Bugungi kunda UnionPay kartalarini quyidagi banklar chiqaradi:
Bank nomi | Karta turi | Karta chiqarish, so’m | Sug’urta depoziti |
Agrobank | UZCARD-UnionPay | 45 000 | 108 000 so’m |
Aloqabank | UZCARD-UnionPay | 25 000 | 0 |
Asia Alliance Bank | UnionPay Classic | 30 000 | 10$ |
Davr Bank | UnionPay Classic | 0 | 0 |
UZCARD-UnionPay | 30 000 | 0 | |
Hamkor Bank | UnionPay Classic | 30 000 | 10$ |
UZCARD-UnionPay | 35 000 | 0 | |
Invest Finance bank | UnionPay Classic | 35 000 | 10$ |
Ipak Yo’li bank | UnionPay Exchange | 0 | 10$ |
UnionPay Classic | 0 | 0 | |
UnionPay Gold | 60 000 | 0 | |
UnionPay Classic безконтактная карта | 60 000 | 10$ | |
UnionPay Platinum | 210 000 | 50$ | |
Mikrokreditbank | UZCARD-UnionPay | 35 000 | 0 |
Orient Finans bank | UnionPay Classic | 50 000 | 5$ |
O’zsanoatqirilishbank | UnionPay Gold | 0 | 5$ |
Poytaxt bank | UZCARD-UnionPay | 45 000 | 0 |
Qishloq qurilish bank | UnionPay Classic | 25 000 | 0 |
Savdogarbank | UZCARD-UnionPay | 35 000 | 0 |
Universalbank | UZCARD-UnionPay | 25 000 | 0 |
Xalq banki | UZCARD-UnionPay | 30 000 | 0 |
Plastik kartalarning batafsil shartlari bilan Debet kartalar sahifasida tanishish mumkin.