“Oliy taʼlim tashkilotlarida taʼlim olish imkoniyatlarini yana-da kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–5203-son, 30.07.2021 y.) qabul qilindi.
“Oliy taʼlim tashkilotlarida taʼlim olish imkoniyatlarini yana-da kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–5203-son, 30.07.2021 y.) qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, 2021/2022 o‘quv yilidan respublikadagi barcha oliy taʼlim tashkilotlari bakalavriatining kunduzgi taʼlim shaklida hamda magistratura bosqichida to‘lov-kontrakt asosida tahsil olish uchun taʼlim krediti ajratishning yangi tizimi yo‘lga qo‘yiladi.
Bunda:
- tijorat banklari taʼlim kreditlarini Markaziy bankning asosiy stavkasida ajratadi;
- taʼlim kreditining asosiy qismi talabaning rasmiy o‘qish muddati tugagandan so‘ng yettinchi oydan boshlab 7 yil davomida qaytariladi;
- taʼlim kreditini rasmiylashtirishda va uning qaytarilishida talabaning doimiy daromad manbaiga ega bo‘lgan oila aʼzolari birgalikda qarz oluvchi sifatida qatnashishiga ruxsat etiladi;
“Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kirgan oilalar farzandlaridan taʼlim krediti uchun garov va kafilliklar talab etilmaydi.
Qarorga muvofiq, Moliya vazirligi huzurida Taʼlim kreditini moliyalashtirish jamg‘armasi tashkil etildi.
Jamg‘armaga 2021 yilda kamida 1 trillion so‘m, keyingi yillarda haqiqiy talabdan kelib chiqib mablag‘lar ajratiladi.
Hujjatning rasmiy to‘liq matni bilan tanishish: