Top.Mail.Ru

Talabalarga kontrakt uchun 10 foiz chegirma!

Vaksina olgan abituriyentlarning kontrakt to'loviga 10 foizlik chegirma beriladi!

Talabalarga kontrakt uchun 10 foiz chegirma!

Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligi xabar berishicha, ko‘pchilik talabalar va ularning ota-onalari hamda oliy ta‘lim muassasalari rektorlarining murojaatlaridan kelib chiqib, oliy ta‘lim muassasalari bakalavriatining sirtqi yoki kechki ta‘lim shakli bo‘yicha bazaviy to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan va tahsil olayotgan hamda 2021-yil 1-noyabrga qadar koronavirus infeksiyasiga qarshi emlangan (vaksina olgan) talabalarga 2021/2022-o‘quv yili uchun belgilangan stipendiyasiz bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorlariga  bir martalik 10 foiz chegirma (bonus) berilishi belgilandi.

Shuningdek, super-kontraktda 0,5 ball uchun yengillik berildi.

Joriy yilda istisno tariqasida super-kontrakt miqdorini arzonlashtirilgan holda to‘lanadigan 4 ballik chegarada 0,5 ball qo‘shiladigan bo‘ldi. Ya’ni:

— 1,05 ballgacha etmagan abituriyentlar uchun – bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorining 1,5 barobari;
— 1,06 balldan 2,05 ballgacha — 2,0 barobari;
— 2,06 balldan 3,05 ballgacha — 2,5 barobari;
— 3,06 balldan 4,05 ballgacha — 3,0 barobari.

16:00 • 30 September, 2021

Depozit.uz Yangiliklari

home icon Bosh sahifa menu icon Menyu profile icon Profil
depozit.uz logo
Eng yaxshi takliflar va yangiliklarni bizning telegram kanalda kuzatib boring.
Obuna bo'lish