Tabaqalashtirilgan (super) to‘lov-shartnoma asosida o‘qish istagini bildirgan abituriyentlar va ularning ota-onalari DIQQATIGA!!!
O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi tomonidan 2021/2022-o‘quv yilida talabalikka tavsiya etilmagan, biroq tabaqalashtirilgan (super) toʻlov shartnoma asosida oʻqish istagini bildirgan abituriyentlar uchun to‘lovlarni amalga oshirishga ruxsat etildi.
Shu munosabat bilan siz t-kontrakt.edu.uz platformasi orqali onlayn shaklda yoki siz o‘qish istagini bildirgan oliy ta’lim muassasasiga bevosita murojaat qilgan holda to‘lov kontrakt-shartnomasini rasmiylashtirishingiz mumkin.
To‘lovlarni amalga oshirish muddati 2021-yil 20-noyabrga qadar etib belgilandi.
Bunda to‘lovning 50 foizi amalga oshirilgan taqdirda abituriyentni talabalikka tavsiya etish bo‘yicha oliy ta’lim muassasasi rahbarining buyrug‘i rasmiylashtiriladi.