Mamlakatimizda so'nggi yillarda o'qituvchilarga alohida e'tibor qaratilmoqda. Ular uchun ko'proq imkoniyatlar yaratilmoqda, maoshlar oshirilmoqda va ta'lim sifati yaxshilanmoqda.
O'qituvchi va umuman pedagog kasbiga hamma zamonda hurmat va minnatdorchilik bilan munosabatda bo'lingan. O'qituvchi - yosh avlodni o’sayotgan davridagi yorqin namunasi va kelajak uchun poydevori hisoblanadi. Bizning mamlakatimizda ham so'nggi yillarda o'qituvchilarga, ularning buyuk ishlariga alohida e'tibor qaratilmoqda. Shu jumladan, o'qituvchilar uchun tijorat banklari tomonidan ham bank mahsulotlari uchun alohida shartlarni taklif qilinmoqda. Bunday banklardan biri bu Ipoteka-bank bo'lib, u ta'lim tizimi xodimlariga imtiyozli shartlarda avtokreditlar va mikroqarzlar taqdim etgan.
Ipoteka bank o'qituvchilar uchun avtokreditni 4 yillik muddatga, yillik 22% foiz stavkasi va 30% boshlang'ich to'lov bilan, 405 mln so'mgacha bo'lgan miqdorda beradi. Avtokredit birlamchi bozordan avtomobil sotib olish uchun beriladi.
Ipoteka bank o'qituvchilar uchun "Fidokor mikroqarzi" mikro kreditini 2 yillik muddatga yillik 22% foiz stavkasi bilan 27 million so'mgacha bo'lgan miqdorda beradi. Ta’minot sifatida kredit miqdoriga qarab uchinchi shaxsning kafilligini, sug'urta polisini yoki mol -mulk garovini taqdim etilishi mumkin.
Ipoteka bank avtokreditlar va mikrokreditlarni Ipoteka-bank ish haqi loyihasining ishtirokchilari bo'lgan Oliy va o'rta ta'lim, xalq ta'limi va maktabgacha ta'lim vazirligi muassasalari xodimlariga taqdim etadi.
O'qituvchilarga maxsus shartlarda kredit beradigan yana bir bank - bu Aloqabank. Bu bank 3 oylik imtiyozli davr bilan 3 yilgacha muddatga 27 million so'mgacha mikroqarzlar beradi. Foiz stavkasi kredit muddatiga qarab belgilanadi - 2 yilgacha yillik 24%, 3 yilgacha yillik 25%. Mikroqarz Aloqabank ish haqi loyihasi doirasida berilgan plastik kartaga o’tkaziladi. Ta’minot sifatida uchinchi shaxs kafilligi qabul qilinadi.
Va, albatta, shuni ta'kidlashimiz kerakki, o'qituvchilar uchun, jumladan, banklar tomonidan ham qulay shart-sharoitlar yaratilishi albatta kelajak yosh avlodning ta'lim olishi sifatiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi.