Top.Mail.Ru

Oliy o‘quv yurti talabalari Markaziy bankda amaliyot o‘tashlari mumkin!

Talaba Markaziy bankda amaliyot o‘tash uchun nima qilishi kerak?

Oliy o‘quv yurti talabalari Markaziy bankda amaliyot o‘tashlari mumkin!

Iqtisodiyot yoki Moliya sohasi yo‘nalishlari talabalari uchun Respublika Markaziy bankining tarkibiga kiruvchi 33 ta departamentidan birida 3 oylik amaliyot o‘tash va bank sohasida noyob tajribaga ega bo‘lish imkoniyati yaratildi.

Talaba Markaziy bankda amaliyot o‘tash uchun nima qilishi kerak?

Albatta, buning uchun Markaziy bankning moliyaviy savodxonlik bo‘yicha keys-chempionatida ishtirok etib, keyslar mazmunini o‘rganishi, uning yechimlarini taqdim etgan holda ball to‘plashi lozim. Keys-chempionat g‘olibi 16 ta keys bo‘yicha umumiy hisobga ko‘ra eng yuqori ball to‘plagan jamoa hisoblanadi! G‘olib jamoa oktyabr oyida "Butunjahon jamg‘arish kuni" doirasida aniqlanadi.

Xususan, keys-chempionatda qatnashish istagida bo‘lgan jamoalar ro‘yxatdan o‘tmay, birinchi turdan boshlab ishtirok etishga ulgurmagan va ishtirok etish istagida bo‘lgan talabalar:

  • - 3-5 kishidan iborat jamoa yig‘ishi (barcha ishtirokchilar universitet talabalari bo‘lishi kerak);
    - "Ro‘yxatdan o‘tish shakli"ga muvofiq ma’lumotlarni konkurs.cbu@gmail.com elektron pochta manziliga yuborishi;
    - Yangi keyslarni o‘rganib, ularning yechimlarini konkurs.cbu@gmail.com elektron pochta manziliga yuborishlari lozim.
     

Ushbu havola orqali jamoangizni ro‘yxatdan o‘tkazishingiz talab etiladi, onlayn ariza jamoa lideri nomidan yuboriladi.

Shuningdek, keys-chempionat bo‘yicha batafsil ma’lumot olish uchun Markaziy bankning quyidagi aloqa raqamlari orqali bog‘lanishingiz mumkin: +998 71 212-73-58

10:25 • 17 September, 2021

Depozit.uz Yangiliklari

home icon Bosh sahifa menu icon Menyu profile icon Profil
depozit.uz logo
Eng yaxshi takliflar va yangiliklarni bizning telegram kanalda kuzatib boring.
Obuna bo'lish