Markswebb konsalting agentligi O‘zbekistondagi jismoniy shaxslar uchun eng qulay mobil banklar bo‘yicha Mobile Banking Rank Uzbekistan 2022 tadqiqoti natijalarini e’lon qildi.
Tadqiqotning maqsadi jismoniy shaxslar uchun eng mashhur 10 ta mobil bankda mijozlar tajribasi sifatini baholash edi. Reytingni tuzish uchun Google Play platformasida 500 mingdan ortiq marta yuklab olingan bank mobil ilovalari tanlab olindi. Taqqoslash 700 dan ortiq mezon bo'yicha amalga oshirilgan, tadqiqotning asosiy yo'nalishi debet kartalarini boshqarishdir. Kredit mahsulotlari faqat ikkilamchi sotish nuqtai nazaridan ko'rib chiqilgan.
Markswebb tadqiqotchilari xususiy mijozlar uchun eng ommabop 10 ta mobil bank moliyaviy muammolarni qanday hal etishi va O‘zbekistonning jadal rivojlanayotgan bozorida qanday raqobatbardosh ustunlikka erishish mumkinligini aniqladi.
Foydalanuvchilar uchun eng qulay mobil banklar deb Bank Apelsin, Click va TBC Bank Uzbekistan ilovalari qabul qilindi.
0 dan 100 ballgacha bo'lgan shkala bo'yicha ball mobil bank xususiy mijozlarga shaxsiy mablag'larini boshqarishda qanchalik to'liq va qulay yordam berishini ko'rsatadi.
O‘zbekistondagi mijozlar tajribasi sifati bo‘yicha birinchi uchlikka xorijiy raqamli bank va to‘lov tizimlaridan kelib chiqqan ilovalar kirdi.
Eng qulay mobil banklarning o'ziga xos xususiyatlari
Bank Apelsin - to'lov tizimidagi to'liq raqamli banking
Ilova deyarli barcha xizmatlar uchun to'lash imkonini beradi, hisoblarga qulay obunalar va moslashuvchan mahsulot sozlamalari mavjud. Naqd pul yechib olish limit oʻrnatish, PIN kodni oʻzgartirish, kartani HUMOPay’ga ulash va uzish, Push bildirishnomalarini sozlash mumkin.
Kengaytirilgan qo'llab-quvvatlash tizimi mavjud: mijozlar bilan ishlash markaziga murojaat qilish va ilova ichidagi chatda 24/7 savol berish mumkin.
Bozordagi yetakchilikni mustahkamlash uchun Apelsin bank tranzaktsiyalar tarixining qulayligini yaxshilashi, mijozning ilovaga kirish jarayonini va raqamli ofis vazifalarini rivojlantirishi, kredit rasmiylashtirish va ilovada mijozlar maʼlumotlarini boshqarish imkoniyatini yaratishi kerak.
Click - qulay transferlar, lekin raqamli ofissiz
Pul o’tkazmalarining keng imkoniyatlari bilan ajralib turadi. Yagona shakl orqali istalgan bankka pul o‘tkazmalarini amalga oshirish imkonini beradi. Kartani HUMOPay’ga ulangan kartadan to‘ldirish mumkin.
O'z mablag'larini boshqarish qulay tarzda amalga oshiriladi: shaxsiy hisoblar o'rtasida pul o'tkazmalari uchun alohida shakl, valyutani almashtirish imkoniyati. Eng ko'p banklar va MFOlarga qarzlarni to'lash uchun o'tkazmalar mavjud.
Shu bilan birga, u yordamchi vazifalarda - mahsulot sozlamalarida, rekvizitlarni eksport qilishda, mijoz ma'lumotlarini boshqarishda liderga nisbatan kamroq imkoniyatlarga ega.
TBC Bank Uzbekistan keng qamrovli tajribani taqdim etuvchi raqamli bank
Ilova qo'shimcha vazifalarni bajarishda yuqori sifatli mijozlar tajribasini taqdim etadi: xizmat ko'rsatish shartlarini tezda bilib olish, tranzaktsiyalar tarixidan kerakli ma'lumotlarni topish, shaxsiy mahsulotlarda tez va oson boshqara olish.
Telefon raqami yoki karta bo'yicha birinchi marotaba ilovaga kirish qulay tarzda tashkil qilingan. Keyingi kirishlarni qisqa kod yoki Touch ID orqali sozlash mumkin.
Oson navigatsiya, debet kartalari dizayn orqali osongina aniqlanadi. Shablonlarda har xil turdagi to'lovlar mavjud, provayderlarning logotiplari bor.
Pul o'tkazmalarining tanlovi kamligi kamchiligi hisoblanadi: elektron hamyonga pul o'tkazish, boshqa banklardagi qarzlarni to'lash, Davlat Yo'l harakati xavfsizligi inspektsiyasi va MFOlarga jarimalarini to'lash mumkin emas, mablag' yig'ish funktsiyasi va ta'lim xizmatlari uchun to'lov yo'q. Ilovada bankomatlar va bank filiallari ko'rsatilmaydi.
Milliy bank
Muntazam to'lovlar bilan ishlashda bozorda eng rivojlangan tajribani taklif qiladi: boshqa bank kartasini ulash, shablonlar va rejalashtirilgan to'lovlar mavjud. Shuningdek, eng rivojlangan PFM funktsiyalari: ma’lum davr uchun tushumlar va chiqimlarni ko'rish, to’lovlarni toifalar bo'yicha tahlil qilish. Telefon raqami bo'yicha, bank ichida va boshqa bankka qulay o'tkazmalar mavjud.
Ipak yo'li banki
Yangi mijozlar uchun maksimal qulay, qo'llab-quvvatlash chati mavjud. Kredit ochish uchun yaxshi ishlab chiqilgan jarayon: maksimal miqdor, minimal stavka, muddat variantlari ko'rsatilgan - kalkulyatordan foydalanish mumkin.
Qayd etish joizki, birorta ham O‘zbekiston banki kuchli uchlikka kirmadi, xorijiy raqamli bank va to‘lov tizimlari yetakchi bo‘ldi. Umuman olganda, natijalarga ko’ra O‘zbekistonda mobil banklarda raqamlashtirish darajasi 50 foizdan oshmagan. Ko'pgina jarayonlar hali ham bank ofisiga tashrif buyurish bilan faqat oflayn rejimda hal qilinadi, bu mobil bankingni rivojlantirish uchun katta imkoniyatlar mavjudligidan dalolat beradi.