Top.Mail.Ru

Pul o'tkazmalarini 0% bilan o'tkazish uchun eng foydali ilovalar

Jismoniy shaxslarning kartalari oʻrtasidagi pul oʻtkazmalari Oʻzbekistonda juda keng tarqalgan moliyaviy operatsiya hisoblanadi.

Pul o'tkazmalarini 0% bilan o'tkazish uchun eng foydali ilovalar

Karta egalari ham kichik, ham kattaroq miqdordagi pul o'tkazmalari uchun turli xil mobil ilovalardan keng foydalanadilar va odatda har bir tranzaksiya uchun o'tkazilgan summaning 1 foizini komissiya shaklida to'laydilar.

Agar kichik tranzaktsiyalar uchun qo'shimcha 1% unchalik sezilmaydigan bo'lsa, katta miqdorlar uchun komissiyalarni to'lash uchun juda ko'p pul sarflanadi.

Ammo banklar va boshqa moliyaviy tashkilotlarning komissiyasiz pul o'tkazmalarini amalga oshirish uchun bir qator mobil ilovalar mavjudligini hamma ham bilmaydi.

Bugun biz sizga 0% komissiyali mobil ilovalarning to'liq ro'yxatini, shuningdek, pul o'tkazish uchun qulay shart-sharoitlarga ega bo'lgan boshqa ilovalarni taqdim etamiz.

0% komissiyali mobil ilovalar:

 Ilova nomiIzoh
1My UztelecomHar oy 10 mln so'mgacha komissiya 0%, undan so'ng 0.35%.
2Agrobank Mobile (Agrobank mobil ilovasi)Har oy 10 mln so'mgacha komissiya 0%, undan so'ng 0.5%.
3HUMANSHar oy 5 mln so'mgacha komissiya 0%, undan so'ng 0.25%.
4Xazna (Xalq banki mobil ilovasi)Har oy 5 mln so'mgacha komissiya 0%, undan so'ng 0.5%.
5Joyda (SQB mobil ilovasi)Har oy 5 mln so'mgacha komissiya 0%, undan so'ng 0.5%.
6Davr Mobile (Davrbank mobil ilovasi)Har oy 3.5 mln so'mgacha komissiya 0%, undan so'ng 0.35%.
7Tenge24 (Tengebank mobil ilovasi)Har oy 3 mln so'mgacha komissiya 0%, undan so'ng 0.4%. Komissiyasiz o'tkazmalardan foydalanish uchun masofaviy identifikatsiyadan o'tish talab qilinadi.
8Mavrid (MKBank mobil ilovasi)Har oy 3 mln so'mgacha komissiya 0%, undan so'ng 0.5%.
9PaynetHar oy 3 mln so'mgacha komissiya 0%, undan so'ng 0.5%.
10AVO (AVO bank mobil ilovasi)Har oy 3 mln so'mgacha komissiya 0%, undan so'ng 0.5%.
11Sello SuperAppHar oy 3 mln so'mgacha komissiya 0%, undan so'ng 0.7%.
12alif mobiHar oy 1 mln so'mgacha komissiya 0%, undan so'ng 0.3%. Alif mobi ilovasida masofaviy identifikatsiyadan o'tib, "A'zo" statusini olgan foydalanuvchilar uchun

 

Minimal komissiyaga ega mobil ilovalar:

 Ilova nomiKomissiya miqdori
13Asakabank (Asakabank mobil ilovasi)0.25%
14InfinBank (InfinBank mobil ilovasi)0.25%
15Chakanapay (Agrobank mobil ilovasi)0.35%
16Trastpay (Trastbank mobil ilovasi)0.4%
17Multicard0.4%
18OFB (Orient Finans bank mobil ilovasi)0.5%
19Beepul0.5%
20PayWay0.5%
21Ipoteka-Retail (Ipoteka bank mobil ilovasi)0.5%
22Unired Mobile0.5%
23GarantBank (GarantBank mobil ilovasi)0.5%
24Octo-Mobile (Octo Bank mobil ilovasi)0.5%
25Milliy (O’zmilliybank mobil ilovasi)0.5%
26Quant (Biznesni rivojlantirish banki mobil ilovasi)0.5%
27MyTuron (Turon bank mobil ilovasi)0.5%
28Hamkor Mobile (Hamkorbank mobil ilovasi)0.5%
29Ipak Yo'li Mobile (Ipak Yo'li bank mobil ilovasi)0.5%
30Zoomrad (Aloqabank mobil ilovasi)0.5%
31Anorbank (Anorbank mobil ilovasi)0.5%
32Alliance (Asia alliance bank mobil ilovasi)0.5%
33OSON0.5%
34Plum0.5%
35Uzum Bank (Uzumbank mobil ilovasi)0.7%
36TBC UZ (TBC bank mobil ilovasi)0.7%

 

Shunday qilib, 0% komissiyali ilovalardan foydalanib, bir oy ichida 54,5 million so‘mgacha bepul o‘tkazishingiz mumkin.

Batafsil To'lovlar sahifasida.

22:37 • 07 May, 2024
home icon Bosh sahifa menu icon Menyu profile icon Profil
depozit.uz logo
Eng yaxshi takliflar va yangiliklarni bizning telegram kanalda kuzatib boring.
Obuna bo'lish