Ko'p hollarda kredit tanlashda mijozlar faqat foiz stavkasiga ahamiyat qaratadilar: u qanchalik past bo'lsa, shuncha yaxshi, lekin ular boshqa muhim omillarni hisobga olmaydilar.
Xususan, foizlarni hisoblash tartibi. Kredit foizlari har oy qaysi usulda hisoblanishini bilgan holda, kredit tanlash osonroq bo'ladi. To'lovlarni hisoblash sxemalarini tushunish va formulalar bilan ishlash qobiliyati sizga to'g'ri bankni tanlash va shaxsiy va oilaviy byudjetni rejalashtirish imkonini beradi.
Avval siz oylik kredit to'lovlarini hisoblash turini bilib olishingiz kerak.
Oylik to'lov bu nima? Bu har oy bankka to'lanadigan pul. Ba'zi hollarda bu miqdor bir xil bo’ladi, boshqalarida esa oydan oyga o'zgarib boradi.
To'lov nimadan tashkil topadi:
Ularning nisbatiga ko'ra, ikkita asosiy hisoblash usuli mavjud - annuitet va oddiy (differensial). Qarz oluvchi uchun bu usullarning orasidagi yakuniy farq bu har oy to'lanishi kerak bo'lgan miqdordir.
Differensial to'lov. Oylik to'lovlar miqdori muayyan vaqtda qolgan kredit bo’yicha asosiy qarz asosida hisoblanadi. Natijada, kreditni to'lash muddati davomida moliyaviy yuk asta-sekin kamayadi.
Annuitet to'lovi. Ushbu hisob-kitob usuliga ko'ra, kredit teng qismlarda to'lanadi. Shu sababli, qarz oluvchining moliyaviy yuki kreditni to'lashning butun muddati davomida bir xil bo'lib qoladi. Birinchi navbatda foizlar to'lanadi, qolgan summa esa asosiy qarzni to'lash uchun sarflanadi.
Annuitet usuli qarz oluvchiga ancha tushunarliroq va banklar tomonidan ko'proq qo'llaniladi. Birinchidan, uning formulalaridan foydalanib, bankning daromadini hisoblash osonroq, ikkinchidan, qarz oluvchi har safar bir xil miqdorni to'laydi.
Kreditni mustaqil hisoblash usullari
Kreditni o'zingiz qanday hisoblashingiz mumkin? Siz oylik to’lov miqdorini va kredit muddatini o'zingiz bir necha usul bilan hisoblashingiz mumkin, buning uchun sizga dastlabki ma'lumotlar kerak bo'ladi:
Ba'zan banklar qo'shimcha parametrlarni kredit miqdoriga qo’shadi: sug'urta, kredit bo’yicha xabarnomalar yuborish. Ba'zi banklar boshqa bank hisobvarag'idan pul mablag'larini kiritish uchun ham komissiya oladi.
Oylik to'lovni hisoblashning 4 asosiy usuli mavjud:
Kredit kalkulyatori avtomatlashtirilgan, sodda va qulay vositadir. U sizga boshlang’ich to’lov miqdorini tanlash va taxminiy to'lov jadvalini yaratish imkonini beradi.
Siz bankingizning saytidagi kalkulyatordan foydalanishingiz mumkin, keyin u mos dasturlarni ham taklif qiladi yoki siz Internetda istalgan kredit kalkulyatoridan foydalanishingiz mumkin. Murakkab kalkulyatorlar sizga annuitet yoki tabaqalashtirilgan to'lov turini tanlashni taklif qiladi.
E'tibor bering, kalkulyator qo'shimcha xizmatlar narxini va to'lovlar chastotasini hisobga olmaydi, siz faqatgina kredit shartnomasini rasmiylashtirgandagina yakuniy hisob-kitoblarni olasiz. Bunga mijozning kredit tarixi, daromadi va boshqa omillar ham ta'sir qiladi.
Mutaxassis yordami - kredit mahsulotini tanlashdan oldin siz bank mutaxassisidan maslahat olishingiz mumkin, masalan, ishonch telefoniga qo'ng'iroq qiling. Menejer sizga bank mahsulotlari bo'yicha yo'l-yo'riq ko'rsatadi, qaysi biri sizga mos kelishini aytib beradi va oylik to’lovning taxminiy miqdorini hisoblashda yordam beradi.
Formulalardan mustaqil foydalanish uchun mutaxassislar tomonidan ishlab chiqilgan formulalarni olib, sizga kerak bo’lgan kredit parametrlarini kiritishgiz darkor.
Exceldagi jadvallar - bu usul Excelni yaxshi biladigan va uning o'rnatilgan funktsiyalari bilan qanday ishlashni biladiganlar uchun to’g’ri keladi.
Agar dastlabki hisob-kitoblarni amalga oshirgandan so'ng, oylik to’lov miqdori juda yuqori bo'lib tuyulsa, siz kredit muddatini ko'paytirishingiz, kredit hajmini kamaytirishingiz yoki foiz stavkasi past bo'lgan mahsulotni izlashingiz mumkin.
O'zbekistonda mavjud bo'lgan barcha kreditlar shartlari bilan Kreditlar sahifasida tanishishingiz mumkin.