Top.Mail.Ru

Korzinka.uz asoschisi – Zafar Xoshimovdan biznesga oid iqtiboslar

Ozbekistondagi eng mashhur iste’mol tovarlari chakana savdosi bilan shug’ullanuvchi supermarketlar tarmog’i asoschisi Zafar Xoshimov biznes haqida gapirar ekan, chakana biznesda quyidagi muhim qoidalarga rioya qilishni tavsiya etadi.

Korzinka.uz asoschisi – Zafar Xoshimovdan biznesga oid iqtiboslar

Ozbekistondagi eng mashhur iste’mol tovarlari chakana savdosi bilan shug’ullanuvchi supermarketlar tarmog’i asoschisi Zafar Xoshimov biznes haqida gapirar ekan, chakana biznesda quyidagi muhim qoidalarga rioya qilishni tavsiya etadi.

  1. Biznesda eng muhimi - yaxshi javoblarni bilish emas, balki to'g'ri savollar berishdir.
  2. Eng muvaffaqiyatli chakana savdo - bu mahalliy chakanadir. Angliya, Qozog'iston, Rossiya, Germaniyada aynan shunday. Chakana savdo juda mahalliy biznes ekanligidan xursandman. Mahalliylik - bu afzallik.
  3. Men doim xaridlarni korzinka.uz dan amalga oshiraman. Siz, albatta, o'z biznesingizni mazasini tatib ko'rishingiz kerak.
  4. Men Balton Trading bo’yicha mijozlarimizga savdo qanday bo'lishi kerakligini ko'rsatish uchun birinchi supermarketni ochdim. Sovunning yonida pechenye bo'lmasligi kerak, dedim. Birinchi do'kon shunchalik yaxshi natija berdiki, biz davom etishga qaror qildik.
  5. Men biznesni rivojlantirishning keyingi bosqichi geografik kengayish (yangi bozorlarga kirish) ekanligiga qo'shilaman. Ammo shuni yodda tutingki, chakana savdo juda mahalliy biznesdir.
  6. 20 yoshlik paytimdagi yigitga maslahatim: “Mutaxassis bo’lish juda muhim. O'rdak kabi bo'lmang – u uchishni, suzishni va yurishni biladi, lekin hamma narsani yomon qiladi. Yaxshisi yo uching, yo suzing yoki piyoda yuring: faqat bitta xizmatni amalga oshiring".
  7. Natija bosib o’tilgan yo‘lni oqlashi, yo‘l esa natijaga munosib bo‘lishi kerak. Natija qanday bo‘lishini ko‘rmasdan turib bosilgan yo‘l faqat kosmosda bo‘lishini unutmang. Avvaldan qo‘yilgan maqsad esa bosib o‘tilayotgan yo‘lga ma‘no beradi.

Sizda ham biznesga oid tavsiyalaringiz bo’lsa izohlarda qoldiring!

20:13 • 01 March, 2022
home icon Bosh sahifa menu icon Menyu profile icon Profil
depozit.uz logo
Eng yaxshi takliflar va yangiliklarni bizning telegram kanalda kuzatib boring.
Obuna bo'lish