Top.Mail.Ru

Jismoniy shaxslarning kartalari o'rtasidagi o'tkazmalar bo'yicha cheklovlar nima uchun kerak?

Nazariy jihatdan, kartadan kartaga o'tkazmalar (boshqacha nomlari - p2p, card2card, c2c) bu bank kartasi ma'lumotlaridan foydalangan holda jismoniy shaxslar o'rtasida internet orqali pul o'tkazish usulidir.

Jismoniy shaxslarning kartalari o'rtasidagi o'tkazmalar bo'yicha cheklovlar nima uchun kerak?

Pul o'tkazish uchun sizda bank kartasi bo'lishi kerak (va albatta unda pul ham bo’lishi kerak) va siz qabul qiluvchining karta raqamini bilishingiz kerak.

Kartadan kartaga pul o'tkazmalarining afzalliklari:

  • Pulni oluvchiga yoki pul o'tkazmalari tizimlarining filiallariga pulni yetkazib berishning hojati yo'q, ya’ni vaqtingiz tejaladi;
  • Xizmatlarning kechayu-kunduz 24x7 rejimda ishlashi;
  • Tez pul tushishi, 99% hollarda pul 1-2 daqiqada kelib tushadi.

 

Kamchiliklari:

  • O'tkazma uchun komissiya olinadi (o'rtacha 1,0%, lekin ba'zi banklar qaysidir yo’nalishlar bo’yicha komissiya olmaydilar, masalan, o'z kartalari o'rtasida o'tkazmalarda yoki boshqa bankning kartasidan o'z kartasiga pul o'tkazishda);
  • O'tkazmalar haqidagi ma’lumotlar kuzatilishi mumkin (masalan, soliq idoralari tomonidan);
  • Maksimal transfer limiti o’rnatiladi, odatda, bir oy uchun belgilanadi;
  • Bank tarafidagi texnik nosozliklar tufayli pul oluvchining kartasiga pul vaqtida tushmasligi ehtimoli mavjud va siz bank bilan muloqot qilish va pulingizni qidirishga vaqt sarflashga majbur boʻlasiz, bu jarayon uzoq davom etishi ham mumkin va bu vaqt davomida siz o'tkazilishi kerak bo’lgan summadan foydalana olmaysiz.

 

Moliyaviy tashkilotlar pul o'tkazmalari bo'yicha cheklovlar ham o'rnatadi – o’rnatilgan miqdordan ortiq pul yuborish imkoniyati bo’lmaydi.

Limitlar gumonli va shubhali to‘lov operatsiyalarini kuzatish maqsadida Markaziy bank tomonidan o’rnatiladi.

Gumonli operatsiya — ichki nazoratni o‘tkazish jarayonida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va (yoki) ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirish maqsadida amalga oshirilganligi to‘g‘risida tijorat bankida gumon uyg‘otuvchi hamda uni shubhali operatsiyalar turkumiga kiritish (kiritmaslik) haqida qaror qabul qilgunga qadar bo‘lgan operatsiya.

Shubhali operatsiya — tayyorlash, sodir etish jarayonida bo‘lgan yoki sodir etib bo‘lingan, ichki nazoratni o‘tkazish vaqtida tijorat bankida uning jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va (yoki) ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirish maqsadida amalga oshirilganligiga shubha paydo bo‘lgan operatsiya.

Bugungi kunda bank kartasidan mobil ilovalar orqali boshqa kartaga, elektron hamyonga yoki bir nechta kartaga umumiy summasi 500 BHM – 170 million so‘m va undan ko‘p bo‘lgan summani bir vaqtning o‘zida yoki jami 30 kun ichida bir necha marta takroriy o‘tkazish shubhali operatsiya hisoblanadi.

Shuningdek, bir martalik yoki 30 kungacha muddatda takroriy bajariladigan quyidagi operatsiyalar ham shubhali hisoblanadi:

  1. bir yoki bir nechta kartalardan (hamyonlardan) kartaga 500 BHM dan ortiq summa tushumi;
  2. mobil ilova orqali 5 va undan ortiq kartadan (hamyondan)  bitta xorijiy hamyonga pul o‘tkazish yoki bitta xorijiy hamyondan 5 va undan ortiq kartaga (hamyonga) pul tushishi;
  3. mobil ilova orqali kartadan (hamyondan) 5 va undan ortiq xorijiy kartaga (hamyonga) pul o‘tkazish yoki 5 va undan ortiq xorijiy kartadan (hamyondan) kartaga (hamyon) pul tushishi.

 

Agar bank yuqoridagi operatsiyalardan biri amalga oshirilganligini aniqlasa, vaziyat aniqlanmaguncha mijozning hisobvaraqlari vaqtincha to’xtatilishi mumkin.

Kartadan kartaga pul o'tkazmalari to'g'risida to'liq ma'lumotni To'lovlar sahifasidan olishingiz mumkin.

17:28 • 10 May, 2024
home icon Bosh sahifa menu icon Menyu profile icon Profil
depozit.uz logo
Eng yaxshi takliflar va yangiliklarni bizning telegram kanalda kuzatib boring.
Obuna bo'lish