Ipoteka krediti sug'urtasi – bankdan kredit olishning shartlaridan biridir. Sug’urta polisining mavjudligi yuzaga kelgan vaziyatlardan qat'i nazar, bankka mablag'lar qaytarilishini kafolatlaydi.
Ipoteka sug‘urtasi (garovga qo’yilayotgan mol-mulk sug’urtasi) O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi, O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 23-noyabrdagi O‘zRQ-730-sonli “Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida”gi va 2006 yil 4-oktyabrdagi O‘zRQ-58-sonli “Ipoteka to‘g‘risida”gi qonunlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Yangi kvartira yoki uyni kredit hisobiga sotib olish har doim katta summalarni va uzoq davr – 10 yoki hatto 20 yil davomida to'lash shartlarini anglatadi. Bunday uzoq muddatga mijozga qarz berish orqali banklar katta tavakkalchilikka yo’l qo’yadi. Kreditni to'lash davri mobaynida garov ob'yektiga aylangan ko'chmas mulk bilan har xil narsa yuz berishi mumkin. Har qanday zarar garov qiymatini pasaytiradi, bu esa bank uchun zarardir. Kredit to'lanmagan taqdirda, bank uni sotishi va yo'qotishlarni qoplashi uchun kvartira likvid bo’lishi kerak. Sug'urta polisi zarar qoplanishini kafolatlaydi. Ipoteka sug'urtasi bankni qarz qaytarilmasligi xavfidan himoya qiladi.
Muhim shart: Ipoteka sug'urtasi sotib olingan mulkning to'liq qiymatini qoplamaydi, faqat xaridor bankdan qarzga olgan qismini qoplaydi. Agar uy-joy bahosining bir qismi shaxsiy mablag’lar hisobidan to'langan bo'lsa (masalan, uy-joy narxining 30%), polis qarz qoldig'i (70%) uchun rasmiylashtiriladi.
Ipoteka sug'urtasi garovga qo'yilgan mol-mulkni shikastlangan yoki to'liq yo'q qilingan taqdirda himoya qilish uchun mo'ljallangan.
Sug’urta qanday xavflardan himoya qiladi:
Mol-mulk shikastlanishiga derazalar, eshiklar, devorlar va boshqa konstruktiv elementlarning sinishi kiradi.
Bulardan tashqari, shartnomada ichki bezatish va muhandislik uskunalarini sug’urtalash yoki minimal ta'mirlash ishlarini amalga oshirish ham ko’zda tutilgan bo’lishi mumkin.
Sug'urta kompaniyasi yetkazilgan zararga qarab sug'urta summasini to'laydi:
Sug'urta kompaniyasi quyidagi sabablarga ko'ra yetkazilgan zararni qoplamaydi:
Ipoteka sug’urtasi rasmiylashtirilganda qo'shimcha sug'urta turi sifatida qarz oluvchining hayoti va sog'lig'ini sug'urta qilishdan foydalanish mumkin (uning muddatidan oldin vafot etganligi, nogironligi yoki kasalligi tufayli qarzni qaytarish imkoniyati yo’qolsa, bank sug'urta shartnomasi bo'yicha u yoki bu miqdorda kompensatsiya oladi). Ipoteka 15-20 yilgacha bo'lgan muddatga berilganligi sababli, qarz oluvchining kasal bo'lib qolishi, jarohatlanishi va mehnat qobiliyatini yo'qotishi xavfi yuqori. Shuning uchun u qarzni to'liq to'lay olmasligi mumkin. Jismoniy shaxsning ham, bankning ham mulkiy manfaatlarini himoya qilish uchun ipoteka hayot va sog'liq sug'urtasi taklif etiladi. Kasal bo'lgan taqdirda, sug'urta kompaniyasi kasallik ta'tilida bo'lgan davrga mutanosib ravishda ipoteka to'lovining bir qismini, to'liq nogironlik yoki o'lim holatida - ipotekaning butun qoldig'ini qoplaydi. Ammo hayotni sug'urta qilish majburiy asosda talab qilinmaydi va qarz oluvchining xohishiga binoan ixtiyoriy ravishda rasmiylashtiriladi.
Depozit.uz saytining Sug'urta sahifasida jismoniy shaxslar uchun sug'urta kompaniyalari mahsulotlari bilan tanishishingiz mumkin.