Top.Mail.Ru

Ipoteka kreditining afzalliklari nimada?

Ko'pchilik uchun ipoteka "bu shu yerda va hozir" uy sotib olishning yagona imkoniyatidir. Ko'chmas mulkning narxi ancha yuqori va hamma ham kvartira uchun pul yig'ish imkoniyatiga ega emas. Bu holatda ipoteka krediti sizga o'z uy-joyingizni sotib olish va uni yillar davomida to'lash imkoniyatini beradi.

Ipoteka kreditining afzalliklari nimada?

Ipoteka olish yoki olmaslik? - bu o'z uyiga ega bo’lishni orzu qiladigan potentsial bank mijozining asosiy savolidir. Ipoteka ham, bu dunyodagi hamma narsa kabi, o'zining ijobiy va salbiy tomonlariga ega.

Ipoteka kreditining afzalliklari va kamchiliklari nimada, ipoteka krediti hisobiga uy sotib olib o’z uyiga ega bo’lgan yoki ipoteka olgandan ko’ra uysiz yashagan yaxshiroqmi degan savollarga javob berishga harakat qilamiz.

Ipoteka imtiyozlari:

  1. Birinchi va eng asosiy afzallik - bu kvartira yoki uyni qo'lda kerakli miqdorda mablag’ga ega bo'lmasdan turib olish imkoniyatidir. Ijarani qabul qilmaydigan yoki boshqa oila a'zolari bilan kichik yashash maydonida yashaydiganlar uchun ipoteka krediti pul jamg’arishning imkoni bo'lmaganda yagona imkoniyatdir. Ipoteka krediti yordamida siz o'z shaxsiy uy-joyingizga ega bo'lishingiz va har oy ipoteka to'lovini to'lab u yerda yashashingiz mumkin.
  2. Ipoteka uchun ariza topshirayotganda, qarz oluvchi qaysidir ma'noda investorga aylanadi. Bozordagi ko'chmas mulkning qiymati har yili o'sib bormoqda. Kredit muddatidan oldin yopib, uyni yuqoriroq narxda sotish orqali foydaga ham ega bo’lish mumkin. Muddatidan oldin yopilmagan taqdirda ham, kredit to’liq qaytarilganidan keyin ham yuqori qiymatga sotish imkoniyati bo'ladi.
  3. Garovga qo'yilgan xonadonda siz har qanday ta'mirlash, rekonstruksiya va qonuniy bilan ta’qiqlanmagan boshqa ishlarni amalga oshirishingiz mumkin.
  4. Ipoteka kreditlari bo’yicha davlat dasturlari mavjud. Ular sizga qulay shartlarda va pastroq foizlarda kredit olish imkonini beradi.
  5. Ipoteka bitimi amalga oshirilgandan so'ng qarz oluvchi darhol uy-joy egasiga aylanadi va u olingan uy-joyda yashash, uni ijaraga berish, qarindoshlarini ro'yxatga olish huquqiga ega bo’ladi. Ipoteka hisobiga olingan ko'chmas mulk bilan amalga oshirib bo'lmaydigan ishlar bu uni sotish, almashtirish yoki vasiyat qilishdir. Bularning barchasiga ipoteka krediti to'liq to'langanidan keyin ruxsat beriladi.
  6. Deyarli barcha banklar ipotekani muddatidan oldin to'lash imkoniyatini beradi. Agar ortiqcha mablag'ingiz paydo bo'lsa, kreditni muddatidan oldin to'lashingiz mumkin, foiz to’lovlari esa bir necha barobar kamayadi.
  7. Ipoteka uzoq muddatga berilishi hisobiga oylik to'lov miqdori unchalik katta bo'lmasligi mumkin va bu sizga jiddiy moliyaviy qiyinchiliklarni boshdan kechirmaslik imkonini beradi.
  8. Ipoteka berishdan oldin bank tanlangan uy-joyni har tomonlama sinchiklab tekshiradi. Qarz oluvchi bitimning va yashash joyining qonuniy tozaligiga o'ziga ishonch hosil qilishi mumkin.

Bu ipoteka kreditining afzalliklari edi va ularning kam emas. Ammo shartnomani imzolashdan oldin, qarz oluvchi ipoteka kreditining kamchiliklari ham borligini bilishi kerak:

  1. Katta miqdordagi ortiqcha to'lovlar. Agar ipoteka uzoq davrga olingan bo'lsa, unda ortiqcha to'lovlar miqdori yashash maydoni narxining ikki yoki hatto uchtasiga teng bo'lishi mumkin. Ammo yillik inflyatsiyani hisobga olsak, kredit muddati tugashi bilan ipoteka bo'yicha ortiqcha to'lov unchalik katta bo'lmaydi.
  2. Ipoteka kreditini olish uchun murojaat qilganda, qarz oluvchi nafaqat dastlabki to'lovni to'laydi, balki boshqa xarajatlar ham mavjud bo’ladi, masalan, ipoteka orqali sotib olingan uy-joyni sug'urtalash va garovni ro'yxatdan o'tkazish uchun notarial xarajatlar.
  3. Sotib olinayotgan mol-mulk bank garovi bo'lib xizmat qiladi. Agar qarz oluvchi qarzini qaytarmasa, bank uyni tortib oladi va qolgan kredit miqdorini to'lash uchun sotadi. Shuning uchun, qarz to'lanmagan taqdirda, mulkni yo'qotish imkoniyati mavjud.
  4. Qarz to‘liq to‘lanmaguncha garovga qo‘yilgan uy-joy sotilmaydi yoki almashtirilmaydi.
  5. Bank nafaqat ko'chmas mulkka, balki qarz oluvchiga ham qat'iy talablar qo'yadi. U bank tekshiruvidan o'tadi, ko'plab hujjatlarni to'playdi, ular orasida asosiysi ish beruvchi tomonidan tasdiqlangan rasmiy ish haqi miqdoridir. Bank arizani rad etishi ham mumkin. Rad etishning asosiy sabablari yomon kredit tarixi va ish haqi yetmasligi hisoblanadi.
  6. Dastlabki to'lov ipoteka olishda qiyinchilik tug'dirishi mumkin, chunki hamma ham uy-joy narxining 15-30 foizini jamg’arish imkoniga ega emas.

Ipoteka o'zining ijobiy va salbiy tomonlariga ega bo'lganligi sababli, undan foydalanish faqat o’zingizning shaxsiy chuqur o’ylangan qaroringiz bo’lishi kerak.

Agar qarz oluvchi mas'uliyatli bo'lsa va har oy o'zining shaxsiy daromadi yoki oilaviy daromadining 1/3 yoki undan ko'p qismini qat'iy belgilangan sanalarda to'lashi kerakligini tushunsa va u bunga tayyor bo'lsa, ipoteka olishi mumkin. Beparvo odamlar uchun bu variant, albatta, mos kelmaydi.

Ba'zan kerakli miqdorni to'plash qiyin, pul qadrsizlanadi, ko'chmas mulk qiymati o'sadi. Atrofda esa juda ko'p vasvasalar va reklama mavjud bo'lganda pulni qanday tejashni hamma ham bilmaydi. Ba'zan barqaror yaxshi daromadga ega bo'lgan shaxsga kredit olish va har oy katta miqdorda to'lash osonroq bo'ladi, natijada ipoteka tezroq to'lanadi va o’z uyiga ega bo’lish imkoniyati paydo bo’ladi. Ijaraga olingan uy-joy uchun ijara haqini to'lash va bir vaqtda uy sotib olish uchun pulni tejash esa aqliy va jismoniy jihatdan juda qiyin.

Har bir qarz oluvchi o'zi uchun ipoteka nima ekanligini tushunishi kerak. Ba'zilar uchun bu "bir umrlik qullik", lekin kimdir uchun bu o'z uyini sotib olish uchun yaxshi imkoniyatdir. Ikkala holatda ham, avvalo, ipoteka kreditining afzalliklari va kamchiliklarini o'rganishingiz, to'g'ri bankni tanlashingiz va kichik harflar va yulduzcha ostidagi izohlarni o'qib, shartnoma shartlarini diqqat bilan o'qib chiqishingiz kerak. Shundan keyingina qaror qabul qilish kerak.

Ipoteka kreditlarining batafsil shartlari bilan “Ipoteka kreditlari” sahifasida tanishishingiz mumkin.

16:31 • 10 May, 2022
home icon Bosh sahifa menu icon Menyu profile icon Profil
depozit.uz logo
Eng yaxshi takliflar va yangiliklarni bizning telegram kanalda kuzatib boring.
Obuna bo'lish