CLICK – eng ommabop ilova!
CLICK – bu to’lovlar uchun universal ilova bo’lib, so’nggi so’rovnoma natijalariga ko’ra foydalanuvchilar orasida eng ommabop ilovadir. CLICK boshqa hech qaysi ilovanikiga o’xshamaydigan, chiroyli, qulay va tushunarli interfeysga ega.
CLICK ilovasida quyidagi turdagi xizmatlar uchun to’lovlarni amalga oshirishingiz mumkin.
Bu kabi xizmatlar uchun to’lov amalga oshirish imkoniyati deyarli barcha ilovalarda bor, ammo CLICKning ustunligi xizmatlar sonining ko’pligida. Ya’ni, boshqa ilovalarda mavjud bo’lmagan xizmatlarni CLICKda borligidir. Qulaylik uchun esa, ekranning yuqori qismida qidiruv qatori joylashtirilgan.
Shuningdek, nafaqat To’lovlar bo’limida mavjud turli tashkilotlarga, balki joylardagi xizmatlar uchun ham (kafe, dorixona, do’konlar va hokazo), Joylarda to’lov bo’limida mavjud xizmatlar uchun, kartasiz, ilova orqali to’lovlarni amalga oshirish mumkin.
CLICK PASS bo’limi orqali esa, hatto Joylarda to’lov bo’limida mavjud bo’lmagan xizmatlar uchun ham to’lashingiz mumkin. Buning uchun CLICK PASS bo’limiga kirib, kassa xodimiga ekrandagi QR-kodni ko’rsatishingiz va xodim QR-kodni skanerlab to’lovni qabul qilishi kerak bo’ladi.
Hozirda CLICKda o’tkazmalar uchun komissiya Uzcard-Uzcard, Uzcard-Humo, Humo-Uzcard yo’nalishlari uchun – 1%, Humo-Humo uchun 0,8% qilib belgilangan. Hamda, Uzcard-Uzcard, Uzcard-Humo, Humo-Uzcard yo’nalishlari uchun – 0,25% va Humo-Humo yo’nalishi uchun 0,5% miqdorida CLICK hamyonga keshbek taqdim qilinadi. Keshbek to’lovlar uchun ham taqdim qilinadi. Keshbek olish shartlari va miqdori ushbu maqolada batafsil tushuntirilgan. Aytish kerakki, CLICK, ilovalar orasida eng katta miqdorda keshbek taqdim qiluvchi ilovadir.
Ushbu ilovaning ustunliklaridan yana biri, o’tkazmalarni telefon raqami orqali qabul qiluvchining kartasiga yuborish imkoniyati mavjudligidadir. Ya’ni, tanishingizni karta raqamini bilmasangiz, ammo aniq CLICKdan foydalanishini bilsangiz, uning telefon raqami orqali ham pul yuborishingiz mumkin.
Hozirda sanoqli ilovalardagina bor bo’lgan oflayn rejimda ishlay olish xususiyati CLICKning eng ajoyib imkoniyatlaridan yana biridir. Aytaylik, internetdan foydalana olmaydigan holdasiz. Bunda ilovani ochganingizda avtomatik tarzda oflayn rejimga o’tish taklif qilinadi. Taklifni qabul qilganingizdan so’ng ilova oflayn rejimga o’tadi. Oflayn rejimda cheklangan miqdordagi to’lov turlarini amalga oshirishingiz mumkin. Biroq asosiysi, mobil aloqa va ba’zi boshqa xizmatlar uchun to’lov qilish hamda o’tkazmalarni amalga oshirish imkoniyati bor. CLICK oflayn rejimda USSD-komandalar orqali ishlaydi. Shu sabab u internetsiz ham ishlay oladi. Shunday ekan, CLICK uchun hatto internetsiz qolish ham muammo emas! Istagan payt va istagan joyda, internetsiz, telefoningizni hisobini to’ldirib, yana internet va qo’ng’iroqlardan foydalanishingiz mumkin.
Mening uyim bo’limida barcha kommunal to’lov hisoblarini (elektr energiyasi, sovuq suv, issiq suv va isitish, gaz, chiqindi, shahar va mobil telefon aloqasi, internet) kiritib qo’yishingiz, hisobda qancha pul qolganini ko’rishingiz va hisobni tez to’ldirishingiz mumkin. Bu juda qulay!
Avtoto’lov bo’limida esa, kerakli hisobni (masalan, mobil aloqa raqamini) doim vaqtida to’ldirilishini sozlab qo’yishingiz mumkin. Bunda belgilangan sana va vaqtda yoki hisobdagi pul belgilangan minimumga yetganida ilova avtomatik tarzda o’zi to’lovni amalga oshiradi.
Ilovada yana CLICK kobrend kartasiga yetkazib berish bilan buyurtma berishingiz yoki Visa virtual kartasini ochib, internet do’konlarda to’lashingiz mumkin.
Aviachiptalar bo’limi yordamida esa, kerakli parvoz yo’nalishini, sana va vaqtni tanlab chiptani xarid qilishingiz mumkin.
Xulosa qiladigan bo’lsak, CLICK – to’lov ilovalari ichida taqdim qilayotgan imkoniyatlari bo’yicha eng yaxshi va foydalanuvchilar orasida eng ommabop ilovalardan biridir!
Barcha ilovalar komissiyalari bilan Depozit.uz saytining To’lovlar sahifasida tanishishingiz mumkin.