Top.Mail.Ru

Cashback- bank kartasidan foyda?!

Siz pul topish uchun mehnat qilasiz, aslida pul siz uchun ishlashi kerak.

Cashback- bank kartasidan foyda?!

Siz pul topish uchun mehnat qilasiz, aslida pul siz uchun ishlashi kerak. Bilasizmi, bank kartasidan foydalanib siz nafaqat pulingizni sarflashingiz, balki daromad olishingiz ham mumkin. Agar siz oqilona harakat qilsangiz, hatto kredit karta ham sizga daromad keltiradi. Bunga qanday erishish mumkin? Biz sizga barcha faktlarni ochamiz.

Cashback (inglizcha cash - naqd, back - orqaga) - bank kartasi bilan xaridni to‘lashda sarflagan pulingizning bir qismini qaytarishdir. Bunday sodiqlik dasturi banklarga mijozlarni jalb qilishga va ularni bank kartalaridan tez -tez foydalanishga undashga yordam beradi.

Bu qanday ishlaydi?

Siz do‘konda sotib olgan mahsulot uchun pul to‘laysiz va bank sizga xarajatning bir qismini qaytaradi. Nega u bunday qilyapti? Qoida tariqasida, do‘konga xarid qilish uchun kelgan har bir mijozi uchun bankka komissiya to‘laydi. Aslini olib qaraganda bank, o‘z mablag‘larini sarflamaydi, biroq bank naqd pulsiz to‘lovlarning faol foydalanuvchilarini qamrab oladi.

Qanday qilib keshbekka erishish mumkin?

Tijorat banklari tomonidan keshbekli debet va kredit kartalar chiqariladi. Mijoz bunday karta bilan mahsulot xaridi uchun to‘lovni amalga oshirgach, xarid narxining 3 foizgacha bo‘lgan summa kartaga keshbek bo‘lib qaytariladi.

Keshbek shartlarini tijorat banki o‘zi belgilaydi, odatda bu oy oxiri qilib belgilangan. Ba‘zan ular sarflangan mablag‘ga bog‘liq: sarf qanchalik ko‘p bo‘lsa, foizlar sizga tezroq qaytariladi. Ya‘ni, siz foizlarni darhol yoki bir necha oy ichida olishingiz mumkin. Buning uchun dastur shartlarini o‘rganishingiz lozim.

Ba‘zida yig‘ish tizimi faqat do‘konlar yoki xaridlarning cheklangan ro‘yxati uchun ishlaydi.

Ayrim tijorat banklari yuqori keshbekni taklif qilishadi, biroq u faqat ma‘lum brendlar uchun yoki ba‘zi restoranlarda beriladigan buyurtmalar uchun olinadi.

Bugungi kunda ko‘plab tijorat banklari kobrending markali kartalarni taklif qilmoqda. Bu shuni anglatadiki, bank bir kompaniya bilan shartnoma tuzgan. Mijoz ushbu kompaniyaning xizmatlari yoki mahsulotlari uchun bank kartasi bilan hisobni to‘laydi va sotib olish ballarini oladi, mijoz ularni aviachiptalar, mehmonxonalarda yashash, do‘konlardagi chegirmalar yoki boshqa bonuslarga almashtirishi mumkin. Bularning barchasi mijozga xizmat ko‘rsatuvchi bank va tashkilotning hamkorligiga bog‘liq.

Bank kartangiz sizga maksimal foyda keltirishi uchun shartnomani, xizmat ko‘rsatish qoidalarini va loyal dasturlarining shartlarini diqqat bilan o‘rganing. Agar barqaror daromad bo‘lmasa, kredit kartalaridan foydalanmaganingiz maʼqul.

Bugungi kunda Infinbank, Agrobank, Davrbank, Ravnaqbank, Universalbank va Anorbanklar tomonidan keshbek kartalari taqdim etilmoqda. Batafsil maʼlumotlari bilan depozit.uz saytining "Kartalar" sahifasida tanishishingiz mumkin.

11:16 • 28 September, 2021
home icon Bosh sahifa menu icon Menyu profile icon Profil
depozit.uz logo
Eng yaxshi takliflar va yangiliklarni bizning telegram kanalda kuzatib boring.
Obuna bo'lish