Top.Mail.Ru

Bankdan olgan kreditimni qaytarolmasam nima bo‘ladi?

Har bir kishi kredit olishdan avval uni vaqtida qaytarishni o‘ylaydi va kredit olingan muddatga o‘z oldiga shu bilan bog‘liq reja qo‘yadi.

Bankdan olgan kreditimni qaytarolmasam nima bo‘ladi?

Biroq har doim ham vaziyat rejadagidek bo‘lmay, har xil tomonga o‘zgarishi mumkin.

Aynan shunday vaqtda “Kredit qarzdorligini qaytarolmasam nima bo‘ladi?” degan savol tug‘iladi.

Odatda kredit taqdim etilganidan so‘ng har bir mijozga qarzdorlikni qaytarish  jadvali taqdim etiladi va shu asosda qarzdorlik undirilib borilishi rejalashtiriladi. 

Biroq qarzdorlik vaqtida qaytarilmaslik holatlari ham uchrab turadi va bank bunday holatda albatta tegishli choralar ko‘radi va quyidagi tartibda ish olib boradi:

Birinchi navbatda kredit inspektori mijoz bilan bog‘lanadi va muddati o‘tgan to‘lovni amalga oshirish zarurligini bir necha bor aytadi. Aytaylik, bu chora natija bermadi. 

Keyingi qadamda mijozga rasmiy ogohlantirish yuboriladi va mijoz bilan ko‘rishib qarzdorlik qaytarilmasa sudga oshirilishi va bu juda murakkab jarayonligi tushuntiriladi. 

Agar uch oy davomida qarzdorlikni undirish uchun bank tomonidan ko‘rilgan choralar samara bermasa, kredit undiruvini sud orqali amalga oshirish bo‘yicha hujjatlar tayyorlanadi. Bu jarayon juda murakkab bo‘lib, uch oydan uch yilgacha ham davom etishi mumkin. 

Oxirgi bosqichda kredit qaytarilishini amalga oshirish uchun sud qarori bilan undiruv ta'minotga qaratiladi. Biroq bundan avval, sud ijrochilari (Majburiy Ijro Byorosi) tomonidan mijozga ixtiyoriy muddat (1-15 kun) ichida kreditni qaytarishga yana bir bor imkoniyat beriladi, agar shunda ham qarzdorlik qaytarilmasa, majburiy tartibda kafil yoki ta'minotga qo‘yilgan mol-mulk hisobiga qarzdorlik undiriladi.

Bunday vaziyatning eng yomon tomoni shundaki, mijozning salbiy kredit tarixi shakllanadi va keyinchalik kredit olish imkoniyati yo‘qoladi.

Albatta biz har bir mijozga kreditlarini vaqtida qaytarish va bunday vaziyatga duch kelmasliklarini tilab qolamiz.

11:05 • 08 October, 2021

Depozit.uz Yangiliklari

home icon Bosh sahifa menu icon Menyu profile icon Profil
depozit.uz logo
Eng yaxshi takliflar va yangiliklarni bizning telegram kanalda kuzatib boring.
Obuna bo'lish