Top.Mail.Ru

Bankdan kredit olish imkoniyatini qanday oshirish mumkin?

Har qanday qarz oluvchi, kredit tashkilotiga murojaat qilganda, uning arizasi tasdiqlanishi imkoniyatini qanday oshirish mumkinligi haqida qiziqadi. Bir tomondan, bank qaror qabul qilishiga ta'sir qiluvchi mezonlar yetarlicha shaffof va hammaga ma'lum. Biroq, bankning talablariga javob berish har doim ham oson emas.

Bankdan kredit olish imkoniyatini qanday oshirish mumkin?

Ko'p hollarda, har bir kredit tashkiloti o’zining puxta ishlab chiqilgan rasmiy mezonlarini qo'llaydi. Biroq, mijozning arizasini ko'rib chiqish jarayoni deyarli bir xil tamoyillarga asoslanadi, bu bitimni tasdiqlash ehtimolini oshiradigan bir nechta qoidalarni shakllantirish imkonini beradi.

Agar sabab kredit tarixida ekanligiga shubha bo’lsa, uni tekshirish kerak. Hujjatda xatolik yuz bergan bo'lsa, uni tuzatish uchun murojaat yuborish mumkin. Depozit.uz sayti orqali kredit tarixini tekshirish imkoniyati mavjud. Hisobotda mijozning muddati o’tgan to’lovlari, umumiy qarz yuki va yakuniy ballini (1 dan 500 ballgacha bo'lishi mumkin) tekshirish mumkin va kreditga layoqatlilik natijalariga ko'ra, qaysi banklardan kredit olish imkoniyati mavjudligini bilib olish mumkin.

Agar kredit tarixida muammolar mavjud bo'lsa, uni tuzatish mumkin. Misol uchun, qisqa muddatga kichik miqdorda kredit olish va o'z vaqtida qaytarish kerak – bu kredit tarixiga ijobiy ta'sir qiladi.

Boshqa hollarda ham kredit ma’qullanishi uchun chora ko’rish mumkin:

  1. Agar bankning talablariga nomuvofiqlik bo'lsa, boshqa kredit tashkilotlarini qidirish mumkin. Misol uchun, agar qarz oluvchi 19 yoshga to'lgan bo'lsa va kredit yoshi tufayli rad etilgan bo'lsa, 18 yoshdan boshlab kredit beradigan bankni izlash maqsadga muvofiqdir.
  2. Kam daromad bo'lsa, uni ko'paytirish imkoniyatlarini izlash yoki kichikroq miqdorda kredit talab qilish kerak. Bundan tashqari, daromadni tasdiqlashi mumkin bo'lgan barcha hujjatlarni taqdim etish muhimdir.
  3. Agar qarz yuki yuqori bo'lsa, uni kamaytirish lozim. Buning uchun oldingi kichik kreditlar va qarzlarni yopish kerak, yaxshi maoshli ish yoki qo’shimcha ish topish mumkin.
  4. Agar yetarli tajriba bo'lmasa, qarz oluvchilarga nisbatan yumshoqroq talablarga ega bo'lgan tashkilotni qidiring. Agar huquqbuzarliklar mavjud bo'lsa ham xuddi shunday qilish kerak.
  5. Agar bank sug'urtasiz kredit bermasa, ishonch telefoniga qo'ng'iroq qilib, bank rahbariyatiga shikoyat qilishingiz mumkin. Ammo bank baribir sabablarni tushuntirmasdan kreditni rad etishi mumkin. Shuning uchun darhol boshqa moliya institutini izlash yoki sug'urta qilishga rozi bo'lish yaxshiroqdir.
  6. Agar noto'g'ri ma'lumotlar taqdim etilgan bo'lsa, siz boshqa bankdan kredit olishga urinib ko'rishingiz mumkin, ammo undan oldin ariza xatolarini diqqat bilan tekshiring.
  7. Agar siz ko'p ariza topshirgan bo'lsangiz va kredit hamma joyda rad etilgan bo'lsa, unda siz 1-2 oy tanaffus qilishingiz kerak - aks holda banklar rad etishda davom etadilar. Bu vaqt ichida siz o'zingizni qarz oluvchi sifatidagi taassurotni yaxshilashga harakat qilishingiz kerak – kichik kreditlarni yoping va hatto yuqori maoshli boshqa ish haqida o'ylang.

Yana qanday omillar kreditni tasdiqlash imkoniyatini oshiradi?

Agar asosiy ish bilan bir qatorda, qarz oluvchi qo'shimcha pul ham topsa (pishiriq pishirish, repetitorlik va h.k.), o’zini o’zi band qilgan shaxs maqomoni olish uchun ariza topshirishingiz mumkin. Bu kredit olishda to'g'ridan-to'g'ri imkoniyat bermaydi, lekin qo'shimcha daromadlarni hujjatlashtirish mumkin bo'ladi va shuning uchun qarz yuki ko'rsatkichi qiymatiga ta'sir qiladi.

Bank bilan "do'stlashishga" harakat qilishingiz mumkin:

  • Ish beruvchidan ish haqini tanlangan bankdagi hisob raqamiga o'tkazishni so'rang - ish haqi loyihalari bo'yicha mijozlar uchun yanada qulay kredit takliflari mavjud va ular uchun arizani tasdiqlash imkoniyati yuqoriroq.
  • Shunchaki ushbu bankda debet karta rasmiylashtirish mumkin va uni muntazam ravishda to'ldirib, u bilan xaridlar uchun to'lash mumkin – bu harakatlar mijozning to'lov qobiliyatini tasdiqlaydi, unga ishonch ko'proq bo'ladi.

 

Kredit olish imkoniyatini oshirishning boshqa usullari ham mavjud. Agar bank kredit bermasa nima qilish kerak:

  • Mol-mulk garovi asosida kredit olish. Avtomobil yoki ko'chmas mulk garovi bilan olinadigan kreditga murojaat qiling. Bunday holda, banklar yomon kredit tarixi bilan ham kredit berishi mumkin.
  • Ishonchli kafilni toping. Kasb yoki ish beruvchini o'zgartirish. Davlat korxonalari va yirik korporatsiyalar xodimlari yakka tartibdagi tadbirkorlar yoki kichik biznesda ishlaydiganlarga qaraganda kredit olishda ko’proq imkoniyatga ega.
  • Oila quring - banklar oilali shaxslarga ishonchliroq nazar bilan qaraydi, ular mas'uliyatliroq deb hisoblanadi.
  • Oliy ma'lumotga ega bo'ling – bank uchun bunday qarz oluvchi ishonchliroq ko'rinadi.

 

Agar banklar kreditni ma’qullamasa, qanday qilib kredit olish mumkin

Ketma-ket bir nechta ariza topshirilishiga qaramay faqat rad javob kelish holatlari ko’p uchrab turadi. Bunday vaziyatda taktikani o'zgartirish kerak va quyidagilarni amalga oshirish lozim:

  • Ariza ma'lumotlaridagi xatolarni tekshiring. Misol uchun, noto'g'ri yosh ko'rsatilgan bo’ladi, ariza esa avtomatik ravishda banklarga yuboriladi, shuning uchun hamma joyda rad etiladi.
  • Kredit byurosiga kredit tarixi uchun so'rov yuboring, xatolarini o'zingiz o'rganing. Agar xató bo'lsa, ularni tuzatish kerak.
  • Umumiy daromadning 50% dan ko'p bo'lmagan qismini kreditlar va qarzlar bo'yicha to'lovlarga sarflanishini ta'minlang. Agar bundan oshib ketgan bo'lsa, vaziyatni o'zgartirish yo'llarini izlang - daromadni oshirish yoki xarajatlarni kamaytirish.
  • Kredit berishga xalaqit beradigan boshqa omillarni toping va tuzating.
  • Agar bir nechta arizalar ketma-ket yuborilgan bo'lsa, 1-2 oy kuting yoki kafil bilan mol-mulk garovi evaziga kredit olishga harakat qiling.

 

Kredit olish uchun ariza berishdan oldin nazorat ro'yxati

12:59 • 16 December, 2022
home icon Bosh sahifa menu icon Menyu profile icon Profil
depozit.uz logo
Eng yaxshi takliflar va yangiliklarni bizning telegram kanalda kuzatib boring.
Obuna bo'lish