Top.Mail.Ru

Agar bank kredit berishdan bosh tortsa nima qilish kerak?

Ko'pchilik kredit yoki mikroqarz olishda bank tomonidan salbiy javob berilishiga duch kelgan.

Agar bank kredit berishdan bosh tortsa nima qilish kerak?

Ko'pchilik kredit yoki mikroqarz olishda bank tomonidan salbiy javob berilishiga duch kelgan. Qizig'i shundaki, bank yoki kredit tashkiloti rad javobi berilishi sabablarini mijozga aytmaslik huquqiga ega. Natijada potentsial qarz oluvchi o'z hujjatlarida yoki kredit tarixida nima noto'g'ri ekanligi haqida rasmiy javobsiz qoladi.

Bunday vaziyatda siz kredit olish uchun quyidagi ishlarni amalga oshirishingiz maqsadga muvofiq bo’ladi:

  • Boshqa kredit tashkilotiga murojaat qilishga harakat qiling, chunki har bir bank qarz oluvchilar uchun turli xil talablarga ega.
  • Kredit tarixingizni yaxshilashga harakat qiling. Bankning e'tiborsizligi yoki boshqa omillar tufayli odamning kredit tarixi buzilishi mumkin. Buni tuzatish uchun siz tegishli so'rov bilan Kredit byurosiga murojaat qilishingiz va keyin muammoni bank bilan hal qilishingiz kerak (kredit tarixi haqida ko'proq ma'lumotni bu yerda topishingiz mumkin).
  • Yaxshi kredit tarixiga ega bo'lgan yaqiningiz yoki do'stingiz nomiga kredit oling.
  • To'lov qobiliyatiga ega bo'lgan tanishlarni toping va ulardan kafil bo'lishni so'rang. Ko'pincha, agar qarzni to'lashga layoqatli kafillar bo'lsa, banklar mijozga kredit ajratilishida ijobiy qaror qabul qiladi.
  • Agar siz kredit rad etilishi sababi oylik daromadning kamligi bo'lishi mumkin deb hisoblasangiz, garov sifatida mol-mulkni taklif qilishingiz mumkin: avtomobil, ko'chmas mulk va hokazo. Asosiy talab – mulkingiz likvidli bo'lishi va sizning nomingizga rasmiylashtirilgan bo’lishi kerak.
  • Agar bank so'rovnomasida xatolikka yo'l qo'ygan bo'lsangiz, uni boshidan to’ldirib qayta topshirishga harakat qilishingiz kerak.

Kredit olish imkoniyatini qanday oshirish mumkin?

Kredit ajratilishi bo’yicha ijobiy xulosa olish uchun siz o'zingiz haqingizda iloji boricha ishonchli ma'lumotlarni taqdim etishga harakat qilishingiz kerak. Agar sizga kattaroq miqdorda kredit kerak bo'lsa, kredit tarixingizni yaxshilash uchun oldindan tayyorgarlik ko'rishingiz va kichik mikroqarz ham olishingiz mumkin (uni iloji boricha tezroq qaytarishingiz kerak). Bundan tashqari, agar siz o'z ishingiz haqida batafsil ma'lumot bergan bo'lsangiz yoki sizda qo'shimcha daromad manbangiz bo'lsa, bank tomonidan ariza tasdiqlanishi imkoniyati yuqoriroq bo'ladi.

Hammaga kredit beradigan banklar bormi?

Yo'q, bunday tashkilotlar mavjud emas, chunki har qanday bank o'z mablag'larini foizlar bilan tezroq qaytarishdan manfaatdor. Hech kim keraksiz tavakkal qilishni xohlamaydi, ayniqsa katta miqdordagi kreditlar haqida gap ketganda bank aniq rad javobini beradi.

Yirik banklar kredit bermagan holatda, fuqarolar mikrokredit tashkilotlari xizmatlariga murojaat qilishadi. Ushbu xizmat bozorida 3 yildan ortiq faoliyat yuritayotgan tashkilotlar ishonchliroq hisoblanadi. Biroq, yangi ochilgan tashkilotlar tomonidan kichik kreditlar osonroq beriladi. Lekin siz ularning foiz stavkalari nisbatan yuqori ekanligini inobatga olishingiz kerak, shuning uchun kreditga ariza berishdan oldin siz o'z moliyaviy imkoniyatlaringizni aniq hisoblab oling.

Bank bilan qanday muomala qilish kerak?

Kredit olish uchun sizning maqsadlaringiz bank uchun aniq bo'lishi kerak. Sizning xatti-harakatlaringiz qanchalik shaffof bo'lsa, kreditni tasdiqlash imkoniyati shunchalik yuqoriroq bo'ladi. Hech qachon daromadingiz haqida yolg'on gapirmang.

Bank menejeri bilan xatti-harakatingiz juda tarang ham bo’lmasin, juda samimiy ham bo’lishi kerak emas, savollarga aniq javob berish, faqat kerakli ma'lumotlarni taqdim etish va ortiqcha gapirmaslik kerak. O’zingizni hotirjam tuting. Shuningdek, bank xodimlari ko'pincha tashqi ko'rinishga ham e'tibor berishadi. Bu siz albatta bankka kostyumda kelishingiz kerak degani emas. Asosiysi, ozoda bo'lish kerak.

15:26 • 15 April, 2022

Depozit.uz Yangiliklari

home icon Bosh sahifa menu icon Menyu profile icon Profil
depozit.uz logo
Eng yaxshi takliflar va yangiliklarni bizning telegram kanalda kuzatib boring.
Obuna bo'lish