16 Jul 2021 |  1,385

Pul jamg'arishni qanday boshlash kerak?

Pul jamg'arishni qanday boshlash kerak?

Insonlar yuksak maqsadlarga erishish uchun pul tejashni, uni jamg'arishni xohlashlari aniq, bu xoh bolalar ta'limi uchun pul to'plash bo'lsin, xoh uy yoki mashina sotib olish, yoki pensiyadagi moliyaviy tinch hayotda yashash istagi va hokazo...

Bunday katta maqsadlar shunchalik ulkan va erishib bo'lmaydigan bo'lib tuyuladi, shuning uchun boshlash, birinchi qadamni qo'yish odatda qiyin.

Jamg'arma uchun pulni qayerdan olish mumkin?
Bu hammani o'ylantiradigan juda yaxshi savol.

Pulni ikki yo'l bilan jamg'armaga ajratish mumkin.
1. Xarajatlar ustida ishlashni boshlang.
2. Daromad ustida ishlashni boshlang.

Ko'pincha biz odatiy ravishda avtomatik pul sarflaymiz. Agar haftasiga kamida bir kun pulimiz qayerga ketayotganiga ahamiyat beradigan bo'lsak, biz katta miqdorni tejashimiz mumkin edi, degan xulosaga kelishimiz aniq.

Shu sababli, siz jamg'arma uchun pul topishingiz mumkin bo'lgan usul "vaqti-vaqti bilan samarali tejash" uslubidir.
Albatta, o'zingizda pulni tejash odatini va sarflash paytida o'ylash odatini shakllantirish oson bo'lmaydi.

Lekin buni hoziroq boshlash darkor:
1. Kichkina miqdorni tejang, lekin har kuni.
2. Vaqti-vaqti bilan o'zingizga savol bering: "Ushbu xarid amalga oshirishga arziydimi?"

Masalan, 100 ming so'm uncha katta miqdor emas, ammo, kelajakda ular sizning kapitalingizga qanday ta'sir qilishi mumkinligi haqida bir o'ylab ko'ring-chi!

 Teglar

Omonatlar
depozit.uz logo
Eng yaxshi takliflar va yangiliklarni bizning telegram kanalda kuzatib boring.
Obuna bo'lish