Top.Mail.Ru

Keshbekli ilovalar

Keshbekli ilovalar

Keshbekli ilovalar

Hozirda ko’pgina ilovalarda keshbek tizimi yo’lga qo’yilgan. Va keshbek ilovadagi barcha to’lovlar va o’tkazmalar yoki ma’lum bir toifa tovar va xizmatlar uchun berilishi mumkin. 
Keshbek (Cashback) – amalga oshirilgan to’lovning ma’lum qismi (foizi)ni xaridorga qaytarib berishni anglatuvchi atama. 
Keshbek odatda maxsus hisob raqamga (hamyonga) yoki karta hisobiga o’tkaziladi. 
Odatda keshbek 0,5% dan 2,5-3% gacha, kamdan-kam undan ham yuqoriroq foizlarda bo’ladi. 
Keshbekni ilova shartlaridan kelib chiqib kartaga o’tkazishingiz, to’lovlar amalga oshirishga sarflashingiz yoki ma’lum xizmatlarga almashtirishingiz mumkin.
E’tiboringizga keshbek taqdim qiladigan ilovalar va ularning shartlarini taqdim qilamiz. Ushbu ro’yxatga Bonus dasturiga ega ilovalar ham qo’shilgan. 

1.    Kartadan kartaga o’tkazmalar uchun Humo-Humo yo’nalishida 0,5%, Uzcard-Uzcard, Uzcard-Humo, Humo-Uzcard yo’nalishlari uchun esa, 0,25% keshbek taqdim qilinadi. CLICK ilovasida deyarli barcha to’lovlar uchun keshbek taqdim qilinadi. 
CLICK ilovasi orqali maxsus CLICK-kobrend kartasi yoki CLICK-hamyondan to’lov amalga oshirilganda 2%, standart bank kartalaridan esa 1% keshbek taqdim qilinadi. CLICK kobrend kartasidan CLICK ilovasi orqali kommunal to’lovlar uchun 1% keshbek taqdim qilinadi. Bu ilovalar kommunal to’lovlar uchun taqdim qilayotgan keshbeklar ichida eng yaxshi taklif!  Shuningdek, “Katta keshbek” dasturida qatnashayotgan hamkor tashkilotlarga, joylarda, CLICK ilovasi orqali amalga oshirilgan to’lovlar uchun 20% gacha keshbek taqdim qilinadi. Yana, Makro do’konlar tarmog’ida CLICK ilovasi orqali to’lovlar uchun 5% gacha keshbek olish mumkin. 
Keshbeklar CLICK-hamyonga o’tkaziladi. Keshbeklarni to’lovlarga ishlatish yoki kartaga o’tkazish mumkin. CLICK-hamyondan kartaga o’tkazma uchun komissiya 1,5%.
2.    Paynet ilovasi orqali amalga oshirilgan to’lovlar uchun 2,2% gacha keshbek taqdim qilinadi. Keshbek taqdim qilinadigan to’lovlar va keshbek miqdori ilovada belgilangan bo’ladi. Keshbek ilovaning maxsus Paynet Bonus kartasida yig’iladi va uni to’lovlar uchun ishlatish mumkin.
3.    InfinBank ilovasida faqat Invest Finance Bank (InfinBank) kartasi orqali amalga oshirilgan to’lovlar uchun 2% keshbek taqdim qilinadi. Keshbek taqdim qilinadigan to’lovlar ilovada belgilangan bo’ladi. Keshbek ilovadagi maxsus hamyonga yig’iladi va uni ilova orqali to’lovlar uchun ishlatish mumkin. Keshbekni maxsus hamyondan faqat InfinBank bankining kartasiga komissiyasiz o’tkazish mumkin.
4.    HUMANS ilovasi orqali amalga oshirilgan to’lovlar uchun 7% gacha keshbek taqdim qilinadi. Keshbek taqdim qilinadigan to’lovlar va keshbek miqdori ilovada belgilangan bo’ladi. Keshbek ilovaning maxsus Keshbek kartasida yig’iladi va uni HUMANS mobil operatori xizmatlariga to’lash uchun ishlatish mumkin.
5.    Zoomrad ilovasida barcha to’lovlar va kartadan kartaga o’tkazmalar uchun keshbek taqdim qilinadi. Keshbeklar ilovadagi maxsus keshbek kartaga yig’iladi. Keshbek ballar ko’rinishida taqdim qilinadi. Bunda kartadan kartaga o’tkazmalar uchun har 2000 so’mga 1 ball, to’lovlar uchun esa har 1000 so’mga 5 ball (elektr energiyasi, sovuq suv, tabiiy gaz va maxsustrans to’lovlari uchun har 500 so’mga 1 ball) taqdim qilinadi. Ballarni to’lovlar va o’tkazmalar uchun ishlatish mumkin. Bu holda, 1 ball 1 so’mga teng bo’ladi.
6.    Apelsin ilovasida “Apelsinlar” ko’rinishidagi bonus taqdim qilinadigan dastur yo’lga qo’yilgan. Va bonus taqdim qilinadigan to’lovlar ilovada belgilangan bo’ladi. Bunda har 1000 so’m to’lov uchun 1 “Apelsin” taqdim qilinadi. “Apelsinlar”ni hamkor tashkillotlar xizmatlari uchun promo kodlarga almashtirishingiz (masalan, Ucell  va UzMobile mobil operatorlaridan daqiqa, megabayt va SMSlarga) yoki chegirma olishingiz (internet provayderlar, media saytlar yoki olcha.uz internet do’konida) mumkin. 
7.    OSON ilovasida bonus taqdim qilinadigan dastur yo’lga qo’yilgan. Bonus taqdim qilinadigan to’lovlar va bonus miqdori ilovada belgilangan bo’ladi. To’lovlar uchun to’lov summasidan 0,5% dan 21% gacha bonus taqdim qilinadi. Bonuslar OSON-hamyonga yig’iladi va uni ilova orqali to’lovlar uchun ishlatish mumkin. Bonusni OSON-hamyondan kartaga o’tkazish uchun komissiya 2%.
8.    UPay ilovasida “UCoins” ko’rinishidagi bonus taqdim qilinadigan dastur yo’lga qo’yilgan. Va bonus taqdim qilinadigan to’lovlar ilovada belgilangan bo’ladi. “UCoins” Bonus kartasida yig’iladi va uni to’lovlar uchun ishlatish mumkin. Bonus dasturida 10 ta bosqich bo’lib, foydalanuvchi qanchalik ko’proq to’lov amalga oshirsa, shunchalik yuqoriroq bosqichga ko’tariladi. Va bu foydalanuvchiga qo’shimcha foyda keltiradi.
9.    PulPul ilovasida “Pul” ko’rinishidagi bonus taqdim qilinadigan dastur yo’lga qo’yilgan. Va bonus taqdim qilinadigan to’lovlar ilovada belgilangan bo’ladi. Ilovada ro’yxatdan o’tganlik uchun – 2000 “Pul”, ilovaga foydalanuvchi taklif qilganlik uchun – 500 “Pul”, kartadan kartaga o’tkazma uchun – o’tkazma summasidan 0,5%, ilovada amalga oshirilgan to’lovlar uchun – to’lov summasidan 3% gacha taqdim qilinadi. 1 “Pul” 1 so’mga teng. “Pul”lar ilovaga yig’iladi va har oy boshida kartaga o’tkazib beriladi. Kartaga o’tkazishning minimal miqdori 5000 “Pul”. 
10.    TBC UZ ilovasida “Yulduzchalar” ko’rinishidagi bonus taqdim qilinadigan TBC Stars dasturi yo’lga qo’yilgan. TBC UZ ilovasi yordamida TBC kartasidan kommunal xizmatlar va aloqa uchun amalga oshirilgan to’lovlarga – har 1000 so’m uchun 20 “Yulduzcha”, TBC UZ ilovasiga taklif qilingan har bir foydalanuvchi uchun - 2000 “Yulduzcha” (taklif qilingan foydalanuvchi ham shu zahoti 500 “Yulduzcha” oladi), ilovada ochilgan omonat uchun - 10000 “Yulduzcha” va omonatni birinchi marta to’ldirganlik uchun - 2000 “Yulduzcha”, kartadan kartaga o’tkazma uchun - 5000 “Yulduzcha” taqdim qilinadi. Har juma eng ko’p “Yulduzcha” yig’gan 200 ta ishtirokchi 3 mln so’mgacha bo’lgan pul mukofotini qo’lga kiritadi va mukofot puli ishtirokchi kartasiga o’tkazib beriladi.
11.    Beepul ilovasida “Beep” ko’rinishidagi bonus taqdim qilinadigan dastur yo’lga qo’yilgan. Beeline Uzbekistan xizmatlariga amalga oshirilgan to’lovlar uchun – har 1000 so’m uchun 1 “Beep”, boshqa tashkilotlar xizmatlari uchun – har 2000 so’m uchun 1 “Beep”, kartadan kartaga o’tkazma uchun – har 30000 so’m uchun 1 “Beep” taqdim qilinadi. Yig’ilgan “Beep”larni Beeline Uzbekistan abonentlari daqiqa, megabayt va SMSlarga almashtirishlari mumkin.
Barcha ilovalarning o’tkazmalar uchun komissiyalari bilan “Depozit.uz” saytining “To’lovlar” sahifasida tanishishingiz mumkin.
 

19:41 • 08 July, 2021
home icon Bosh sahifa menu icon Menyu profile icon Profil
depozit.uz logo
Eng yaxshi takliflar va yangiliklarni bizning telegram kanalda kuzatib boring.
Obuna bo'lish