Top.Mail.Ru

Visa va Mastercard: farqi nimada?

Bilamizki, barcha tijorat banklari bugungi kunda o‘zining Visa va Mastercard plastik kartalarini mijozlarga taqdim etib kelmoqda.

Visa va Mastercard: farqi nimada?

Bilamizki, barcha tijorat banklari bugungi kunda o‘zining Visa va Mastercard plastik kartalarini mijozlarga taqdim etib kelmoqda. Biroq, plastik karta ochish jarayonida mijozlarni qiynaydigan savol: qaysi plastik kartani tanlash qulay ? Visa yoki Mastercard, bu kartalarning farqi nimada?

Bu kartalardan qay birini ochsam butun dunyodagi do‘konlarda va onlayn hisob-kitoblarni amalga oshirishda ishlatishim mumkin? Ikki to‘lov tizimining kartalari o‘rtasidagi farq nima va qay birini tanlash yaxshi? Bu kabi savollarga bugun batafsil to‘xtalib o‘tamiz.

Albatta, ikkala kartada ham operatsiya tezligi yuqori va xavfsizlik darajasi bir xil hisoblanadi. Asosiy farqi  Visa kartasida asosiy valyuta AQSH dollari hisoblanadi, Mastercard esa qabul qiluvchi mamlakatga qarab ham AQSH dollari, hamda yevroda to‘lash imkonini yaratgan.

Undan tashqari, Mastercard kartasi tomonidan turli keshbeklar va aksiyalar taqdim etib boriladi. Mastercard Premium kartasi bilan qo‘shimcha xizmatlardan foydalanish imkoniyatini beradigan xizmatlar to‘plami ilova qilinadi.

Bunga quyidagilar kirishi mumkin:

- bepul sug‘urta;

- aeroportdagi biznes-zaldan foydalanish;

- chet davlatlarda avtomobil ijarasi uchun chegirmalar;

- boshqa kartalarga nisbatan hamkor do‘konlarda chegirmalar hajmining ortishi;

- sayohatni rejalashtirish bo‘yicha har qanday vazifalarni hal qiladigan konserj xizmati: mehmonxonani ijaraga olish, tarjimon va yig‘ilish xonasini topadi.

Visa karta bo‘yicha esa yuqorida qayd etilgan xizmatlardan tashqari, chet davlatlarda tibbiy va yuridik yordam xizmatlaridan foydalanish imkonini beradi.

Shuni yodda tutingki, har bir bankning to‘lov tizimi bilan o‘z shartnomalari bor va konvertatsiya qilish shartlari to‘lov tizimida ko‘rsatilganidan farq qilishi mumkin. Sayohat qilishdan oldin, emitent bank menejeri bilan konvertatsiya shartlari va mumkin bo‘lgan komissiyalar haqida maslahatlashing. Baʼzan evro yoki dollarda alohida kartani ochish foydaliroq bo‘ladi, chunki bunda mablag‘ to‘g‘ridan-to‘g‘ri hisobdan chiqariladi.

Osiyo davlatlarida Visa kartasi bilan to‘lovni amalga oshirish qulay,  chunki Xitoy, Yaponiya, Tailand, Vetnam, Polineziya uchun kross-valyuta dollar bo‘lib, Mastercard orqali foydalanishdan ko‘ra, Visa kartasi bilan konvertatsiya qilinsa yo‘qotishlar kamroq bo‘ladi.

18:48 • 16 August, 2021
home icon Bosh sahifa menu icon Menyu profile icon Profil
depozit.uz logo
Eng yaxshi takliflar va yangiliklarni bizning telegram kanalda kuzatib boring.
Obuna bo'lish