Top.Mail.Ru
13-June, 17:19 |  525

UnionPay to'lov tizimi kartalari: nima uchun kerak va qaysi banklardan olish mumkin?

Union Pay to'lov tizimi g'arbning Visa va MasterCard to'lov tizimlarining va Rossiyaning Mir to'lov kartalari tizimining Xitoy analogidir.

UnionPay to'lov tizimi kartalari: nima uchun kerak va qaysi banklardan olish mumkin?

Ushbu maqolada biz quyidagilarni ko'rib chiqamiz:

  • Ushbu to'lov tizimi kartalarining qanday xususiyatlari mavjud;
  • Xitoyning to’lov tizimi kartalari Visa va MasterCard o'rnini bosa oladimi;
  • Qaysi banklar Union Pay kartalarini chiqaradilar.

Union Pay International kompaniyasi va uning imkoniyatlari.

Xitoy va hozirda esa xalqaro to'lov tizimiga aylangan UnionPay 2002 yilda tashkil etilgan. Hozirgi vaqtda ushbu to’lov tizimidagi kartalar dunyoning 180 ta davlatida to'lov uchun qabul qilinadi. Hozirda 197 ta davlat mavjudligini inobatga olsak, Xitoyning UnionPay International kompaniyasi oʻz xizmatlari bilan butun dunyo davlatlarining 91 foizini qamrab olgandir.

Ushbu kompaniyaning reklamalari shuni ko'rsatadiki, masalan, Italiyada UnionPay kartalari ushbu mamlakatdagi eng yirik banklarning 50% bankomatlari tomonidan qabul qilinadi, Gretsiyada esa mahalliy savdo nuqtalarining 95 foizida ular orqali xaridlar uchun to'lash mumkin.

Xitoy to’lov tizimi kartalari Visa va MasterCard o'rnini to'liq bosa oladimi?

Aslida UnionPay plastik karta egalarining bergan xulosalari shuni ko'rsatadiki, ba'zida chet elda ushbu kartalardan naqd pulni yechish yoki to’lovlarni amalga oshirishda qiyinchiliklar yuzaga keladi.

Ba'zi mamlakatlarda ushbu to’lov tizimidagi kartalarni faqat bir nechta banklar va chakana savdo tarmoqlari qabul qiladi. Tegishli stiker bilan do'kon yoki bankomatni topish uchun ko'p vaqt ketadi. Do'konning kassasida tegishli belgi bo'lsa ham, to'lov operatsiyasi o'tmasligi mumkin. Xuddi shu holatlar xorijiy onlayn-do'konlarda va onlayn-servislarda to'lovni amalga oshirishda ham paydo bo'lishi mumkin (tizim xato xabarini ko'rsatadi va to'lov amalga oshirilmaydi).

Karta qaysi holatlarda aniq ishlashi yoki ishlamasligini aniqlash uchun faqat uni ishlatib ko’rish kerak. Shu sababli, UnionPay kartalarini Visa va MasterCard kartalarining to'liq o'rnini bosuvchi karta deb atash hali ham qiyin.

UnionPay kartalarini qaysi banklar chiqaradi?

O‘zbekistonda Union Pay kartalari nisbatan yaqinda muomalaga chiqarilgan. Lekin ular allaqachon o'z mashhurligiga ega, chunki Xitoy O'zbekistonning asosiy savdo hamkorlaridan biri hisoblanadi. Ko'pgina banklar ushbu kartalarni Uzcard milliy to'lov tizimi bilan birgalikda kobeydj kartalar ko'rinishida chiqaradilar. Biz ular haqida oldingi maqolalarda yozgan edik. Bunday kartalar qulay, chunki ulardan mamlakat ichida ham, chet elda ham foydalanish mumkin. 

Bugungi kunda UnionPay kartalarini quyidagi banklar chiqaradi:

Bank nomiKarta turiKarta chiqarish, so’mSug’urta depoziti
AgrobankUZCARD-UnionPay45 000108 000 so’m
AloqabankUZCARD-UnionPay25 0000
Asia Alliance BankUnionPay Classic30 00010$
Davr BankUnionPay Classic00
UZCARD-UnionPay30 0000
Hamkor BankUnionPay Classic30 00010$
UZCARD-UnionPay35 0000
Invest Finance bankUnionPay Classic35 00010$
Ipak Yo’li bankUnionPay Exchange010$
UnionPay Classic00
UnionPay Gold60 0000
UnionPay Classic безконтактная карта60 00010$
UnionPay Platinum210 00050$
MikrokreditbankUZCARD-UnionPay35 0000
Orient Finans bankUnionPay Classic50 000 5$
O’zsanoatqirilishbankUnionPay Gold05$
Poytaxt bankUZCARD-UnionPay45 0000
Qishloq qurilish bankUnionPay Classic25 0000
SavdogarbankUZCARD-UnionPay35 0000
UniversalbankUZCARD-UnionPay25 0000
Xalq bankiUZCARD-UnionPay30 0000

 Plastik kartalarning batafsil shartlari bilan Debet kartalar sahifasida tanishish mumkin.

 Teglar

Debet kartalar

O'xshash yangiliklar

depozit.uz logo
Eng yaxshi takliflar va yangiliklarni bizning telegram kanalda kuzatib boring.
Obuna bo'lish